1 sentyabrgacha Boʻstonliq tumanidagi davlat tasarrufida boʻlgan pansionatlar, sanatoriylar xususiylashtiriladi
Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida joylashgan byudjet tashkilotlari va davlat korxonalariga tegishli boʻlgan idoraviy dam olish uylari xususiy sektorga sotiladi.

15 iyul kuni “Yer resurslari va davlat mulki obʼyektlaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, 2020 yil 1 noyabrdan boshlab Soliq kodeksi bilan berilgan quyidagi imtiyozlar bekor qilinadi:
Yer soligʻi boʻyicha quyidagilar tomonidan egallangan yer uchastkalari:
sogʻlomlashtirish hamda dam olish joylari, xususan dam olish uylari; • aholining ommaviy dam olishi va turizm uchun joylar, agar ular tadbirkorlik faoliyati uchun ajratilgan boʻlsa;
sanatoriy-kurort obʼyektlari, agar ular turistik zonalarda joylashgan boʻlsa;
Mol-mulk soligʻi boʻyicha sanatoriy-kurort xizmatlari koʻrsatish uchun foydalaniladigan koʻchmas mulk obʼyektlari, agar ular turistik zonalarda joylashgan boʻlsa.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda xalq deputatlari viloyatlar Kengashlariga turistik zonalarda alohida sanatoriy-kurort obʼyektlari egallagan yerlar uchun mol-mulk va yer soligʻining kamaytirilgan stavkalarini qoʻllash yoki ushbu soliqlarni toʻlashdan ozod qilish vakolati berildi.
2020 yil 1 sentyabrga qadar Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida joylashgan byudjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan idoraviy dam olish uylari, pansionatlar, sanatoriylar va boshqa obʼyektlarni (bolalar dam olish lageridan tashqari) xususiy sektorga sotish boʻyicha tegishli takliflar ishlab chiqiladi.
Shuningdek, 2021 yil uchun Davlat byudjeti loyihasini tayyorlashda respublikaning turistik zonalaridagi alohida yer uchastkalari, shu jumladan jismoniy shaxslar foydalanishida boʻlgan 1 gektardan ortiq yer uchastkalari uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yer soligʻining 3 baravarigacha oshirilgan stavkasini belgilash koʻzda tutiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

