Oʻzbekistonda byudjet xarajatlari 2021 yilgacha qisqarishi mumkin
Byudjet tashkilotlarida 2021 yilning 1 yanvariga qadar moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi, shu jumladan, direktor jamgʻarmasi boʻyicha koʻzda tutilgan mablagʻlardan toʻlovlar toʻxtatib turiladi.

«Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish uchun zaxira yaratish maqsadida 2020 yildagi Oʻzbekiston Respublikasining davlat byudjeti xarajatlarini maqbullashtirish toʻgʻrisida»gi Vazirlar Mahkamasi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilindi.
Unga muvofiq, respublika byudjeti qariyb 706 mlrd soʻmga optimallashtiriladi. Jumladan, byudjet tashkilotlarida 2021 yilning 1 yanvariga qadar moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi, shu jumladan, direktor jamgʻarmasi boʻyicha koʻzda tutilgan mablagʻlardan toʻlovlar toʻxtatib turiladi. Bunda 296 mlrd soʻm tejaladi.
Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar sotib olish uchun 55,4 mlrd, xizmat safarlari uchun 15,9 mlrd va boshqa xarajatlarni moliyalashtirish toʻxtatiladi.

Byudjet xarajatlari optimallashtiriladi
Mahalliy byudjetlarning 326 mlrd soʻmlik xarajatlari optimallashtiriladi. Bundan tashqari, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida koʻzda tutilgan xarajatlar boʻyicha limitlar ham qayta koʻrib chiqiladi. Natijada 130 mlrd soʻmcha mablagʻ iqtisod qilinadi.
Maqbullashtirilgan mablagʻlar kelgusida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish chora-tadbirlariga yoʻnaltirish uchun Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
Muhokama 28 avgustda yakunlanadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

