| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes2 daqiqada oʻqiladi75 marta oʻqildi

Berilgan soliq imtiyozlarlari uzaytiriladi

2020 yilda Soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan hollarda, soliq toʻlovchilarga soliq hisobotlarini taqdim etish muddatlarini 5 kundan koʻp boʻlmagan muddatga kechiktirganlik uchun jarima solinmaydi.

Berilgan soliq imtiyozlarlari uzaytiriladi

“Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish uchun aholi, tadbirkorlik subʼyektlari, umumiy ovqatlanish, savdo va xizmatlar sohasini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

Aholi va tadbirkorlarga bir qator imtiyozlar beriladi

Farmonga muvofiq, 2020 yilda Soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan hollarda, soliq toʻlovchilarga soliq hisobotlarini taqdim etish muddatlarini 5 kundan koʻp boʻlmagan muddatga kechiktirganlik uchun jarima solinmaydi.

Prezidentning 2020 yil 18 maydagi PF–5996-son Farmonida belgilangan quyidagi soliq imtiyozlari va preferensiyalari 2020 yil 31 dekabrga qadar uzaytiriladi:

  • mol-mulk soligʻi va yer soligʻini toʻlashdan ozod qilish boʻyicha berilgan imtiyozlar:

➖ kichik tadbirkorlik subʼyektlari;

➖ bozorlar va savdo komplekslari, kinoteatrlar, umumiy ovqatlanish korxonalari, jamoat transporti korxonalari, sport-sogʻlomlashtirish muassasalari, shuningdek, yoʻlovchi tashish, maishiy xizmatlar koʻrsatish, binolarni, shu jumladan banketlar oʻtkazish uchun ijaraga berish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar uchun;

  • ijtimoiy soliq stavkasini 12 foizdan 1 foizga pasaytirish boʻyicha mikrofirma va kichik korxonalar uchun berilgan imtiyozlar;

  • bojxona organlariga murojaat qilgan kungacha 1 yildan kam boʻlmagan muddat davomida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirayotgan mikrofirma va kichik korxonalarga, keyinchalik kechiktirilgan summani 120 kun mobaynida teng ulushlarda toʻlash sharti bilan, tovarlarni olib kirishda undiriladigan bojxona boji va aksiz soligʻini toʻlash muddatini kechiktirish taqdim etish;

  • mikrofirma va kichik korxonalarda 2020 yil 15 may holatiga soliqlar, penyalar va soliq qonunchiligini buzganlik uchun hisoblangan jarimalar boʻyicha mavjud boʻlgan qarzdorlikni undirishni toʻxtatish.

    Tadbirkorlarga koʻchma savdo qilish huquqi beriladi

Umumiy ovqatlanish korxonalari ijtimoiy soliqning pasaytirilgan stavkasini ishchilarning sonidan qatʼi nazar qoʻllaydi.

Auditorlar, rieltorlar, baholovchilar, aktuariylar, apteka va ularning filiallari mudirlari, turistik tashkilotlarning ishchilari va gidlar (ekskursovodlar), xorijiy tillarga oʻqituvchilarning 2020 yil 1 martda tugaydigan malakaviy sertifikatlari muddati navbatdagi malakaviy imtihonlarni oʻtkazish sanasiga qadar uzaytiriladi.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Saxovat va koʻmak” fondi, “Oʻzbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga, shu jumladan ularning hududiy boʻlinmalariga begʻaraz yordam berish qismida foyda soligʻi, qoʻshilgan qiymat soligʻi, aylanmadan olinadigan soliq va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozlarning amal qilishi 2020 yil 31 dekabrga qadar uzaytiriladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ