| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat3 daqiqada oʻqiladi62 marta oʻqildi

2019 yil va 2020 yilning birinchi yarmida bogʻchalarda aniqlangan yirik moliyaviy qonunbuzarliklar

Respublika boʻyicha bogʻchalarda eng yirik moliyaviy qonunbuzarliklar Samarqand viloyatida, eng kam miqdorda moliyaviy qonunbuzarliklar Sirdaryo viloyatida kuzatildi.

2019 yil va 2020 yilning birinchi yarmida bogʻchalarda aniqlangan yirik moliyaviy qonunbuzarliklar

Maktabgacha taʼlim vazirligining Ichki audit xizmati tomonidan 2019 yil va 2020 yilning birinchi yarmida oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasi boʻyicha huquqni muhofaza qilish organlariga qonuniy chora koʻrish uchun 904 ta tekshirish hujjatlari yuborildi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

"Bugungi kunda 6 mingga yaqin davlat MTTlarida 223 ming xodim faoliyat yuritadi. MTV maktabgacha taʼlim tizimini bola haqqiga xiyonat qiladigan vijdonsiz insonlardan xalos etish borasida oʻz ishini davom ettirmoqda", deyiladi xabarda.

Maktabgacha taʼlim tizimi uzoq yillar davomida yetarli nazorat qilinmaganligi oqibatida tizimda qonunbuzarlik va suiisteʼmolliklar avj olgan. Bu kabi noxush vaziyatlarga qarshi kurashish maqsadida 2017 yilning 30 sentyabrida toʻgʻridan-toʻgʻri vazirga boʻysunuvchi Ichki audit xizmati tashkil etildi.

2020 yilning boshida vazirlik 2018-2019 yillarda aniqlangan qonunbuzarliklarni tahlil qilib, hukumatga qator takliflarni kiritdi.Vazirlik tashabbusi bilan Hisob palatasi hamkorligida boshqa vazirlik va idoralarning mutaxassislari jalb qilingan holda byudjet mablagʻlarining samarali ishlatilishi yuzasidan chuqur tahliliy oʻrganishlar oʻtkazildi. Hamkorlikda oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida 48,3 mlrd. soʻmlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi.

“MTV tashkil etilgan ilk kunidanoq tizimdagi korrupsiya va suiisteʼmolliklar bilan kurashib kelmoqda. Ichki audit xizmati tomonidan aniqlangan qonunbuzarliklar toʻgʻrisida axborot muntazam ravishda eʼlon qilinib kelinmoqda. Oʻtgan yili MTV 680ta tashkilotlar boʻyicha toʻplangan hujjatlarni huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etgan boʻlsa, joriy yilda bu son 224tani tashkil etgan. Ushbu hujjatlar asosida prokuratura tomonidan bir qator jinoiy va maʼmuriy ishlar qoʻzgʻatildi, vazirlik esa moliyaviy qonunbuzarliklarga yoʻl qoʻygan mudira va hisobchilarni ishdan boʻshatdi. Shu tariqa, aybdor deb topilgan shaxslardan byudjet hisobiga 2019 yilda 9,5 mlrd. soʻm, 2020 yilning birinchi yarmida esa 4,1 mlrd. soʻm undirib olindi”, deb, maʼlumot berdi MTVning Ichki audit xizmati boshligʻi Dilshod Normatov.

2019 yilda vazirlikning Ichki audit xizmati 31,5 mlrd. soʻm moliyaviy qonunbuzarliklarni aniqladi. Shundan:

  1. Kamomad va noqonuniy xarajatlar— 19,3 mlrd. soʻm;

  2. Davlat xaridlari yoʻnalishidagi qonunbuzarliklar — 7,1 mlrd. soʻm;

  3. Boshqa turdagi moliyaviy kamchiliklar— 5,2 mlrd. soʻm.

“Kamomad va korrupsiya holatlarini aniqlanganda MTV masʼul javobgar shaxslarni ishdan boʻshatib, aniqlangan qonunbuzarliklar yuzasidan xujjatlarni huquqni muhofaza qilish organlariga yuboradi. Ammo ushbu shaxslar ijtimoiy tarmoqlarda yolgʻon xabarlar tarqatib, jamoat fikrini manipulyasiya qilishgacha bormoqdalar. Baʼzi blogelar va huquq himoyachilari ularga ishonib, mudiralarning “noqonuniy” ishdan boʻshatilganliklari haqidagi maʼulmotlarni yozmoqdalar. Masalan, yaqinda Andijon viloyatidagi mudiralarning “noqonuniy” ishdan boʻshatilishi haqidagi xabarlar tarqatilgandi. Ushbu xabarlarda mudiralar “qiyin ahvolda yurganliklari”, “oʻta ogʻir ruhiy siqilishlarga duch kelganlari” qayd etilgan. Ularning talqinida goʻyoki noqonuniy tarzda ishdan boʻshatilganlar orasida Qoʻrgʻontepa tumanining №2 MTM mudirasi (noqonuniy xarajat miqdori 39,9 mln. soʻm), Andijon shahridagi №25 MTM mudirasi (noqonuniy xarajat miqdori 32,7 mln soʻm) bor. Prokuratura ularga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatgan, ammo mudiralarning oʻz aybini tan olganligi va yetkazilgan zararni bartaraf etganligi sababli jinoyat ishi tugatilgan. Bu kabi sobiq mudiralar astoydil MTTlarga qaytishga harakat qilmoqdalar, ammo MTV tashabbusi bilan qonunbuzarlarning maktabgacha taʼlim tizimiga rahbar lavozimiga qayta olinmasligi qonun bilan chegaralangan”, deb, taʼkidladi Ichki audit xizmati boshligʻi Dilshod Normatov.

2019 yil va 2020 yilning birinchi yarmida aniqlangan yirik moliyaviy qonunbuzarliklar:

  • 900 mln. soʻm — Kattakoʻrgʻon shahrining №10-son maxsus MTMdagi noqonuniy xarajatlar (Samarqand viloyati);

  • 301 mln. soʻm — Olmozor tumanining №509–son MTTdagi moliyaviy qonunbuzarliklar (Toshkent sh);

  • 202 mln. soʻm — Peshkoʻ tumanining №22-son MTTdagi kamomad va oylik ish haqi toʻlov qaydnomalarining qalbakilashtirilishi (Buxoroviloyati);

  • 150 mln. soʻm — Mirishkor tumanining №8-son MTTdagi oziq-ovqat va moddiy boyliklarning kamomadi, “oʻlik jonlar” va toʻlov qaydnomasidagi imzolarning qalbakilashtirilishi (Qashqadaryo viloyati);

  • 101 mln. soʻm— Guliston tumanining №11-son MTTdagi ish haqi toʻlovlarning ortiqcha sarflanishi (Sirdaryo viloyati).

Maktabgacha taʼlim vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan birgalikda moliyaviy qonunbuzarliklarni aniqlash, profilaktikasini taʼminlash va oldini olish boʻyicha Yoʻl xaritasini ishlab chiqdi va ushbu hujjat 14ta vazirlik va idoralar bilan kelishildi. Shuningdek, Bosh prokuratura bilan ham maktabgacha taʼlim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha Yoʻl xaritasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ