| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi65 marta oʻqildi

Timur Ishmetov: QQS boʻyicha joriy yil yanvar-iyun oylarida tushumlar 2 trln. soʻmga kamaydi

2020 yil I yarim yilligida soliq toʻlovchilarga qoplab berilgan QQS summasi 1,6 trln. soʻmni tashkil etdi.

Timur Ishmetov: QQS boʻyicha joriy yil yanvar-iyun oylarida tushumlar 2 trln. soʻmga kamaydi

2020 yil 25 avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining kengaytirilgan majlisi boʻlib oʻtdi.

Majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi.

Tadbirda koronavirus pandemiyasi davrida vujudga kelgan muammolardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy sohaga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish toʻgʻrisidagi masalalar koʻrib chiqildi.

“2020 yil I yarim yillikda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlari 58,2 trln. soʻmni tashkil etib oʻtgan yil mos davriga nisbatan 7,5 trln. soʻmga koʻp mablagʻlar undirildi. Mart oyining uchinchi dekadasidan karantin boʻyicha qatʼiy cheklovlar kiritilishi ayrim yoʻnalishdagi tadbirkorlik faoliyatining toʻxtashi yoki faolligining qisqarishi tufayli hamda berilgan soliq imtiyozlarini ham inobatga olgan holda, II chorakda soliq daromadlari I chorakga nisbatan -1,7 trn. soʻm yoki 7 foizga pasaydi.

Umuman olganda, 2020 yil 1 iyul holatiga soliq tushumlari 45,9 trln. soʻmni tashkil etib, oʻtgan yil mos davriga nisbatan 6,8 trln. soʻmga (17,2 foiz) koʻp mablagʻlar undirilgan.

Tushumlarni asosiy soliqlar kesimida qisqacha tahlil qiladigan boʻlsak, qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha joriy yil yanvar-iyun oylarida tushumlar 14,3 trln. soʻmni tashkil etdi va bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2 trln. soʻmga kamayib, yillik prognozga (44,2 mlrd. soʻm) nisbatan esa 32 foizni tashkil etdi.

Joriy yilning I yarim yilligida qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha tushumlarning kamayishiga qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasining 2019 yil 1 oktyabrdan 20 dan 15 foizga kamaytirilishi va tadbirkorlik subʼyektlari iqtisodiy faolligining pasayishi kabi omillar taʼsir qildi.

Sotib olingan asosiy vositalar boʻyicha QQS 12/36 oy davomida teng ulushlarda emas, balki bir yoʻla qoplanmoqda. 2020 yil I yarim yilligida soliq toʻlovchilarga qoplab berilgan QQS summasi 1,6 trln. soʻmni tashkil etdi. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3 barobardan koʻproqqa oʻsib, korxonalar aylanma mablagʻlarining qaytarilishini taʼminladi”, dedi majlisda soʻzga chiqqan Moliya vaziri Timur Ishmetov.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ