Ipoteka kreditlarini subsidiyalash uchun 7 milliard soʻmdan ziyod boshlangʻich badal toʻlab berildi
Oʻzbekistonda daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan oilalarga ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga subsidiyalar toʻlanishi belgilangan.

Moliya vazirligi daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolardan ipoteka kreditlarini olish uchun 3 avgust holatiga koʻra kelib tushgan arizalar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
Ipoteka kreditlarini subsidiyalash uchun jami 21,6 mingta talabnoma kelib tushgan. Ulardan:
3848 tasi maʼqullangan;
10198 tasi rad etilgan;
2400 tasi koʻrib chiqilmoqda.
Shu bilan birga, 14 127 ta subsidiya ajratilgan boʻlib, ulardan 276 tasi boshlangʻich badal uchun 7,2 mlrd. soʻm miqdorida toʻlab berilgan.

Shuningdek, “Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga koʻra, subsidiya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida komissiyaning QR-kod qoʻyilgan qarori qabul qilinadi va tegishli tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga xabarnoma yuboriladi.
Mazkur Nizomning 7-bandiga asosan ariza beruvchi taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar asosida ijtimoiy mezonlarga mos kelishini aniqlash va baholash quyidagi masʼul tashkilotlarning tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi:
Tibbiyot birlashmasi;
Ichki ishlar boʻlimi (boshqarmasi);
Moliya boʻlimi;
Davlat soliq inspeksiyasi;
Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi;
Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi;
Tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari;
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining tuman (shahar) kengashlari;
Tuman (shahar) hokimligi;
Ishtirok etuvchi tijorat banklari.
Yakuniy qaror komissiya tomonidan chiqariladi.

Xabarnoma Davlat xizmatlari markazi tomonidan bir ish kunida ariza beruvchiga yuboriladi.

Ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya bir oilaga nechi marotaba beriladi?
Eslatib oʻtamiz, Ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya berish tartibi toʻgʻrisida avvalroq maʼlumot bergan edik. Nizomga koʻra, ariza beruvchi subsidiya olish uchun istalgan tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari (DXM)ga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP)da davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
Maʼlumot uchun, Boshlangʻich badal uchun subsidiya shaharlarda sotib olinadigan kvartira qiymatining kamida 20 foizi, qishloq joylarda esa kamida 10 foizini tashkil etadi. Taqdim etiladigan subsidiyalar bir oilaga (oila aʼzolarining bittasiga) faqat 1 marta beriladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

