Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga byudjetdan qoʻshimcha 2 trillion soʻm ajratiladi
Ushbu mablagʻlar joriy yil yakuniga qadar qoʻshimcha 500 ming nafar ijtimoiy nafaqa oluvchilarga yoʻnaltirilishi belgilangan.

Prezident farmoniga muvofiq, byudjetdan qoʻshimcha 2 trillion soʻm ajratilib, ushbu mablagʻlar 1 million 700 ming nafar yordamga muhtoj aholi, 3 million 700 ming nafar pensioner va joriy yil yakuniga qadar qoʻshimcha 500 ming nafar ijtimoiy nafaqa oluvchilarga yoʻnaltirilishi belgilangan.
Xususan, oʻtgan 5 kunda ehtiyojmand oilalarga jami 148 milliard soʻm moddiy yordam tarqatildi. Avgust oyida 1 million 700 ming aholi va 50 mingdan ziyod tibbiyot xodimlariga 780 milliard soʻm toʻlanishi koʻzda tutilgan.
Moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalar roʻyxatlarini toʻgʻri va haqqoniy shakllantirish, ajratilgan mablagʻlarni adolatli tarqatish boʻyicha aniq koʻrsatmalar berildi.
Aholiga ijtimoiy yordam toʻlovlarini yetkazib berish boʻyicha sektor rahbarlari va mahalla mutasaddilarining masʼuliyatiga alohida eʼtibor qaratildi.
Nozirlik organlariga mablagʻlarning toʻgʻri taqsimlanishi va toʻlanishi yuzasidan doimiy nazorat oʻrnatish, qonun buzilishi holatlarining oldini olish topshirildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

