Davlat byudjetining 1-yarim yillik xarajatlari 64 878,9 mlrd. soʻmni tashkil etdi
Hisobot davrida mahalliy byudjetlarning daromadlar qismi 12 870,7 mlrd. soʻmni, xarajatlar qismi esa 20 203,3 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

Davlat byudjetining 2020 yil 6 oylik daromadlari 58 157 mlrd. soʻmga yoki tasdiqlangan yillik parametrga nisbatan 45,3 foizga ijro etildi. Hisobot davrida oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 15 foizga koʻp mablagʻ tushirilishiga erishildi.
Daromadlarning 19 739,6 mlrd. soʻmi (jami daromadlarning 33,9 % i) bevosita soliqlar, 21 510,8 mlrd. soʻmi (37,0 %) bilvosita soliqlar, 9 695,4 mlrd. soʻmi (16,7 %) resurs toʻlovlari va mulk soligʻi va 7 211,2 mlrd. soʻmi (12,4 %) boshqa daromadlar hisobidan shakllantirildi. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Davlat byudjetining 1-yarim yillik xarajatlari esa 64 878,9 mlrd. soʻmni yoki YaIMga nisbatan 25,4 foizni tashkil etdi.
Jami xarajatlar tarkibida ijtimoiy soha xarajatlari eng koʻp ulushga (53,4 %) ega boʻlib, ushbu yoʻnalishda faoliyat yuritayotgan tashkilot va muassasalarni saqlash hamda sohaga taalluqli tadbirlarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 34 665,5 mlrd. soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi.
2020 yil 1-yarim yillik Davlat byudjeti defitsiti 6 721,9 mlrd. soʻmni tashkil etdi.
Hisobot davrida mahalliy byudjetlarning daromadlar qismi 12 870,7 mlrd. soʻmni, xarajatlar qismi esa 20 203,3 mlrd. soʻmni tashkil etdi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

