Tadbirkorlarga koʻchma savdo qilish huquqi beriladi
2021 yil 1 iyulga qadar tadbirkorlarga hokimiyat organlari bilan shartnoma tuzmasdan soliq organlarini xabardor qilish orqali avtodoʻkon, avtomagazin, avtotirkama, avtotsisterna va fudtraklar orqali savdo qilish huquqi beriladi.

Farmonga muvofiq, 2020 yil 1 iyuldan boshlab umumiy ovqatlanish korxonalari uchun belgilangan xodimlarning yillik oʻrtacha soni 25 nafardan 50 nafarga oshiriladi.
2021 yil 1 iyulga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari karantin cheklovlarining bekor qilinishiga qarab Hukumat tomonidan oʻrnatilgan talablarga rioya qilgan holda hamda hokimliklarni xabardor qilish orqali oʻzlariga tutash boʻsh yer uchastkalarida yengil konstruksiyalarni bepul joylashtirish va qurish huquqiga ega boʻladi.

Aholi va tadbirkorlarga bir qator imtiyozlar beriladi
2021 yil 1 iyulga qadar karantin cheklovlarining bekor qilinishiga qarab tadbirkorlarga hokimiyat organlari bilan shartnoma tuzmasdan soliq organlarini xabardor qilish orqali avtodoʻkon, avtomagazin, avtotirkama, avtotsisterna va fudtraklar orqali savdo qilish huquqi beriladi.
Davlat soliq qoʻmitasi oʻzining rasmiy sayti va mobil ilovalar orqali koʻchma savdoni boshlash toʻgʻrisida elektron xabarnomalarni bepul qabul qilishni taʼminlashi belgilandi.
Shuningdek, umumiy ovqatlanish korxonalarida isteʼmolchilarga ovqatlanish yoki xordiq chiqarish xizmatlarini koʻrsatish uchun yengil konstruksiyalarni joylashtirish, qurish va ulardan foydalanish boʻyicha vaqtinchalik talablar tasdiqlanadi.
2021 yil 1 yanvarga qadar umumiy ovqatlanish korxonalarining mavsumiy kafelari ishlashi, shuningdek, koʻchma savdoni amalga oshirish tartibi tasdiqlanadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

