Ikkita roʻyxatda boʻlgan bolalarga moddiy yordam qanday toʻlanadi (video)
Moliya vaziri birinchi oʻrinbosari Dilshod Sultanov 16 yoshgacha boʻlgan bolalarga toʻlanadigan bir martalik 500 ming soʻm yordam puli kimlarga va qay tarzda toʻlanishi xususida "Oʻzbekiston 24" telekanalida batafsil maʼlumot berdi.

27 avgust kuni “Oʻzbekiston 24” telekanalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarorini Moliya vaziri birinchi oʻrinbosari Dilshod Sultanov aniq misollar bilan izohlab berdi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov:
Qarorda kimlar qanday davlat tomonidan koʻrsatiladigan nafaqalar oladi? Moddiy yordamga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar qanday manbalardan shakllantiriladi? 500 ming soʻmni olishning aniq tartibini tushuntirib bering.
Moliya vaziri birinchi oʻrinbosari Dilshod Sultanov:
Bir oy oldin “Temir daftar”ga kirgan oila aʼzolariga 220 ming soʻmdan toʻlangan mablagʻ, uch bosqichda bu bolalar orqali beriladigan mablagʻ boʻldi. Birinchisi, pensiya jamgʻarmasida roʻyxatda turgan, boquvchisini yoʻqotgan farzandlar. Ikkinchisi, pensiya jamgʻarmasida roʻyxatda turgan nogironligi boʻlgan bollar. Bularning barchasi 16 yoshgacha boʻlganlar.

Agar bir oilada ikki bola, ular otasini yoʻqotgan boʻlsa, onasi boquvchisini yoʻqotganlik pensiyani olyapti. Otasi ishlagan, uning ish haqidan kelib chiqib hisoblagan boʻlsa, har bir bolaga 350-400 ming soʻm atrofida olib kelyapti. 400 ming soʻm olib kelayotgan boʻlsa, endi pensiya toʻlov paytida ularga bir martalik 500 ming soʻmdan har bir bolaga qoʻshib beriladi. Bu degani har bir bolaning har oyning 10 yoki 12 sanasida “Xalq banki” orqali naqd koʻrinishida olib kelayotgan nafaqasiga qoʻshimcha, sentyabr oyida 500 ming soʻmdan bir martalik moddiy yordam qoʻshib beriladi. Ikkinchisi, nogiron bollar toʻgʻrisida gapiradioilalarningan boʻlsak, ularning ham pensiyasiga qoʻshib bir martalik 500 ming soʻmlik yordam toʻlab beriladi. Uchinchi toifa bu “Temir daftar”ga kirgan oilalar farzandlariga ham xuddi shu tarzda toʻlov qilinadi. Agarda “Temir daftar”ga kiritilgan oila farzandlari boquvchisini yoʻqotgan oilalarga kirsa, ularga bir joydan bir martalik 16 yoshgacha yordam puli toʻlov qilinadi. Yaʼni, ikkita roʻyxatda boʻlishi mumkin boʻlgan oilalarning farzandlari, pensiya jamgʻarmasi orqali bir martalik 500 ming soʻmlik moddiy yordamni oladi.
Qaror qabul qilindi. Mana 16 yoshgacha deyapmiz, boquvchisini yoʻqotgan yoki nogironligi boʻlgan shaxslar masalan, 16 yoshdan yuqori boʻlsa, lekin oʻqiyotgan boʻlsachi?
16 yoshga toʻlmaganga bir martalik toʻlov qilinadi. Agar bolalikdan nogiron boʻlib, 16 yoshdan oshgan boʻlsa ham bu oʻzining pensiyasi yoki nafaqasini olib kelaveradi.
Nafaqalar toʻlanishi davrida 16 yoshdan oshib ketishi mumkin. Shunday holatdachi?
Qabul qilingan sanada 16 yoshga toʻlmagan boʻlsa, pensiya jamgʻarmasi orqali roʻyxatga tushirtirilib, oʻsha roʻyxat orqali toʻlab beriladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

