Markaziy bank Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan ikkita bitimni imzoladi
XMK bilan birgalikda keng ommaga yetkazish uchun moliyaviy savodxonlikning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha ommabop oʻquv materiallari ishlab chiqiladi.

Markaziy bank Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) bilan elektron va raqamli moliyaviy xizmatlarni rivojlantirishda tartibga solish muhitini yaxshilash, moliyaviy savodxonlikni oshirish dasturlarini amalga oshirish boʻyicha ikkita bitimni imzoladi.
Ushbu loyihalar aholi uchun moliyaviy xizmatlarni ommalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
XMK ekspertlari elektron va raqamli moliyaviy xizmatlar sohasida meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqishda, shu jumladan, masofadan xizmat koʻrsatish va moliyaviy xizmatlarni taqdim etish, mijozlarni masofadan identifikatsiya qilish tamoyillarini joriy etish, kredit tashkilotlarining bank toʻlov agentlarini jalb qilish, toʻlov tizimlarini tartibga solish hujjatlarisiz sinash imkoniyatini beruvchi maxsus huquqiy rejimini yaratishda amaliy yordam berishi koʻzda tutilgan.
XMK Markaziy bankka aholining moliyaviy savodxonligini oshirish yoʻnalishida respublika tijorat banklarida oʻz mijozlariga maʼsuliyat bilan qarz olish, byudjetni rejalashtirish va masʼuliyati jamgʻarish hamda pul mablagʻlarini boshqarish tamoyillari, shuningdek, raqamli moliyaviy savodxonlik bilan bogʻliq masalalarda maslahat berish qobiliyatiga ega (taʼlim bera oladigan) murabbiylarni tayyorlashda koʻmaklashadi.
Bundan tashqari, XMK bilan birgalikda keng ommaga yetkazish uchun moliyaviy savodxonlikning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha ommabop oʻquv materiallari ishlab chiqiladi.
Markaziy bank moliyaviy ommaboplikni, raqamli moliyaviy xizmatlar va moliyaviy savodxonlikni rivojlantirish yuzasidan xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirishda davom etadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

