| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi

Rossiyadagi 202 nafar Oʻzbekiston fuqarosiga moliyaviy yordam berildi

Rossiyada boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga bir marta beriladigan moddiy yordamni toʻlab berilmoqda.

Rossiyadagi 202 nafar Oʻzbekiston fuqarosiga moliyaviy yordam berildi

2020 yil 14 may kuni Oʻzbekistonning Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalari “Mehr” loyihasini ishga tushirib, dastur doirasida Rossiya Federatsiyasida boʻlib turgan hamda mamlakatda Covid-19 virusi pandemiyasi tufayli joriy qilingan karantin va cheklov choralari tufayli ogʻir vaziyatga tushib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga bir marta beriladigan moddiy yordamni toʻlab berilishi koʻzda tutilgan.

Rossiyada ogʻir vaziyatga tushib qolgan oʻzbekistonliklarga moddiy yordam beriladi

Shundan soʻng Rossiyada boʻlib turgan 202 ta Oʻzbekiston fuqarosiga umumiy qiymati 1 million 220 ming 960 rubl miqdoridagi moliyaviy yordam ajratilgan.

Ular orasida:

– Rossiya oliy oʻquv yurtlari kunduzgi boʻlimida taʼlim olayotgan 190 talaba;

– COVID-19 koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 8 ta vatandoshimiz;

– 2 nafar nogiron fuqaro;

– 1 nafar qaramogʻida 2 yoshgacha farzandi bor ayol;

– 1 nafar homilasi 7 oydan oshgan ayol.

Yordam murojaat qilgan fuqarolarning shaxsiy bank kartalariga bir martalik pul vositalarini oʻtkazib berish shaklida amalga oshirilgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ