Naqd pul muomalasini qisqartirish choralari belgilanmoqda
Barcha turdagi korxona va tashkilotlar, shu jumladan byudjet tashkilotlari xodimlarining oylik ish haqlari va pensiya toʻlovlari bank kartalari orqali toʻlanadi. Shuningdek, barcha mahalla fuqarolar yigʻinlari binolari oldida bankomatlarni joylashtiriladi.

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari J.Qoʻchqorov, Markaziy bank Raisi M.Nurmuratov hamda Moliya vaziri T.Ishmetov tomonidan bugun, 13 aprel kuni imzolangan qoʻshma xatda tegishli idora va tashkilotlar va tijorat banklari bajarishi lozim boʻlgan qator vazifalar belgilangan, deb xabar bermoqda Bankers.uz kanali.
Tijorat banklari:
mijozlarga masofadan turib bank xizmatlari koʻrsatishni kengaytirish;
barcha turdagi korxona va tashkilotlar, shu jumladan byudjet tashkilotlari xodimlarining oylik ish haqlarini toʻliq bank kartalari orqali toʻlanishini tashkil etish;
bankomatlarning uzluksiz ishlashini taʼminlash hamda ularni, jumladan dehqon bozorlari hududlaridagi bankomatlarni doimiy ravishda nakd pullar bilan toʻldirib borish choralarni koʻrish.
Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari:
ishchi-xodimlariga bank kartalari ochilgan Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya tizimidagi tashkilotlarning ish haqi toʻlovlarini toʻliq bank kartalari orqali toʻlash choralarini koʻrish.
Xalq banki va Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi:
pensiya toʻlovlarini ustuvor ravishda bank kartalari orqali toʻlash, buni eng avvalo joriy yil may oyidan boshlab Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida toʻliq joriy etish;
keyingi oylardan boshlab barcha hududlarda pensiya toʻlovlarini ustuvor ravishda bank kartalari orqali toʻlanishini taʼminlash;
Xalq banki tomonidan Pensiya jamgʻarmasining hududiy boʻlimlaridan tegishli maʼlumotlarni olgan holda, pensionerlarga bank kartalarini ochish;
bank xodimlari tomonidan navbatdagi pensiya toʻlovlarini tarqatish jarayonida pensionerlarga bank kartalarini barcha sanitar talablarga rioya qilgan holda, ularning yashash manzillari boʻyicha yetkazib berish;
karta egasining xohishiga koʻra, kartadagi mablagʻlarni naqdlashtirib berish;
bosqichma-bosqich barcha mahalla fuqarolar yigʻinlari binolari oldida banknomatlarni joylashtirish ishlarini tashkil etish;
Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va byudjetdan mablagʻ oluvchi boshqa barcha vazirliklar (shu jumladan, ular tizimidagi korxona va tashkilotlar) hamda Moliya vazirligi Gʻaznachiligi:
barcha byudjet tizimi korxona va tashkilotlari xodimlarining ish haqi toʻlovlarini toʻliq bank kartalariga oʻtkazish orqali toʻlashni tashkil etish;
bank kartasi ochilmagan xodimlarga 10 kun muddat ichida toʻliq bank kartalarini ochib berilishini taʼminlash, bunda, yangi ochilgan bank kartalari banklar tomonidan tegishli korxona va tashkilotlarga barcha sanitar talablarga rioya kilgan holda yetkazib berilishini taʼminlash;
Davlat Soliq qoʻmitasi va uning joylardagi boʻlinmalariga:
savdo nuqtalarini barcha turdagi (“Uzkard” va “Humo”) toʻlov terminallari bilan taʼminlanganligini hamda ularning uzluksiz ishlashini qattiq nazoratga olish vazifasi yuklatiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

