Tadbirkorlar va aholiga bir qancha imtiyozlar beriladi
Ehtiyojmand oilalarni yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida nafaqa oluvchi oilalar soni qoʻshimcha 70 mingtaga yoki 10 foizga koʻpaytirilib, byudjetdan yana 200 milliard soʻm ajratiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimizda karantin talablarini hushyorlikni oshirgan holda yanada yumshatish, iqtisodiyot tarmoqlarini bosqichma-bosqich ishlatish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan 13 may kuni videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Shavkat Mirziyoyev videoselektor yigʻilishida pandemiya sharoitida tadbirkorlar va aholini qoʻllab-quvvatlash davom ettirilishini taʼkidladi.
Ular quyidagicha:
Kichik biznes va fermer xoʻjaliklariga ijtimoiy soliq stavkasi may-iyul oylarida 12 foizdan 1 foizga tushiriladi.
Kichik biznes vakillari, yakka tartibdagi tadbirkorlar kelgusi uch oy davomida yer va mol-mulk soligʻidan ozod etiladi.
Avvalgi qarorga asosan, aprel-may oylarida 1 mingdan ziyod tadbirkorning yer va mol-mulk soliqlari va penyalari boʻyicha kechiktirilgan 80 milliard soʻm toʻlovlari kechib yuboriladi.
Tadbirkorlarga bojxona toʻlovlarini 120 kungacha kechiktirib toʻlashga ruxsat beriladi.
Ehtiyojmand oilalarni yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida nafaqa oluvchi oilalar soni qoʻshimcha 70 mingtaga yoki 10 foizga koʻpaytirilib, byudjetdan yana 200 milliard soʻm ajratiladi.
Ilgari stavkasi 22 foizgacha boʻlgan investitsiya kreditlari boʻyicha foizlar qisman davlat tomonidan qoplab berilgan boʻlsa, endi stavkasi 26 foizgacha boʻlgan kreditlarning foizlari ham qisman qoplab beriladi.
Tadbirkorlarga aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun 500 milliard soʻmgacha (ilgari 10 milliard soʻmgacha) berilgan kreditlar boʻyicha kompensatsiya miqdori 5 foizdan 10 foizga oshiriladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida joriy qilingan aholiga yakka tartibda uy-joy qurish va taʼmirlash uchun kredit berish tajribasi Toshkent shahrida ham tatbiq etiladi.
Mahalliy korxonalarning mahsulotiga nisbatan ichki talabni oshirish va shu orqali ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida davlat tashkilotlariga III-IV chorakdagi xaridlarini II chorakda amalga oshirish huquqi beriladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

