| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi250 marta oʻqildi

Qishloq xoʻjaligi sohasini modernizatsiya qilish uchun qariyb 700 million dollarlik loyiha moliyalashtiriladi

Loyihani amalga oshirish davri 6 yilni (2020 – 2026-yillar) tashkil etib, Oʻzbekiston Respublikasining barcha viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida amalga oshiriladi.

Qishloq xoʻjaligi sohasini modernizatsiya qilish uchun qariyb 700 million dollarlik loyiha moliyalashtiriladi

Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi sohasini modernizatsiya qilish uchun qariyb 700 million dollarlik loyiha moliyalashtiriladi. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Ushbu qarorga muvofiq, mazkur loyiha qishloq xoʻjaligi sohasida unumdorlikni oshirish boʻyicha xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash va bozor iqtisodiyotiga asoslangan meva-sabzavotchilik sohasida yuqori qiymat zanjirini yaratish, ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy salohiyatini va infratuzilmasini mustahkamlash va Jahon banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Qayd etilishicha, 2020 yil 20 martda Jahon bankining direktorlar kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga “Oʻzbekiston Respublikasida qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasini moliyalashtirish uchun umumiy 30 yil muddatga 10 yillik imtiyozli davr bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining 181,0 mln. AQSh dollari miqdoridagi qarzi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasining koʻlamini kengaytirish dasturining 100 mln. AQSh dollari miqdorida krediti hamda 5 yillik imtiyozli davr bilan Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 219 mln. AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli krediti ajratilishi maʼqullangan.

Loyihaning umumiy qiymati 659,5 mln. AQSh dollari ekvivalentini, shundan Oʻzbekiston Respublikasining ulushi – 159,5 mln. AQSh dollarini tashkil etadi. Shu jumladan, soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish, investitsiya davrida moliyaviy xarajatlarni toʻlash shaklidagi ulush – 124,5 mln. AQSh dollari ekvivalentini va Loyiha ishtirokchilarining (benefitsiarlar) ulushi – 35,0 mln. AQSh dollari ekvivalentini tashkil etmoqda.

Loyihani amalga oshirish davri 6 yilni (2020 – 2026-yillar) tashkil etib, Oʻzbekiston Respublikasining barcha viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida amalga oshiriladi.

Shuningdek, agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi Loyihani oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirish, uni muvofiqlashtirish va boshqarish, Loyihani amalga oshirish davrida monitoring va hisobotni yuritish uchun masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi. Jahon bankidan olingan mablagʻlar esa Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qaytariladi.

Kredit liniyasini boshqarish, Jahon bankining mablagʻlari oʻz vaqtida oʻzlashtirilishi va maqsadli foydalanilishini taʼminlash, shuningdek, subloyihalarni amalga oshirish boʻyicha monitoring va hisobotni yuritish funksiyalari Loyihada ishtirok etuvchi Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklariga yuklanadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ