Yevropa Ittifoqi Oʻzbekistonga pandemiyaga qarshi kurash uchun koʻmak ajratishini maʼlum qildi
Sharl Mishel Yevropa Ittifoqi ushbu global xatarga qarshi kurashishda Oʻzbekistonga moliyaviy-texnik koʻmak ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilingani haqida xabar qildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 20 aprel kuni Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi, birinchi navbatda siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalarda koʻp qirrali hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi yangi bitimni qabul qilishga tayyorgarlikni yil yakuniga qadar yakunlash maqsadida ushbu hujjat loyihasi boʻyicha faol muzokaralarni davom ettirishga kelishib olindi.
Yevropa kengashi Prezidenti Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash va pandemiyaning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha koʻrilayotgan mislsiz qatʼiy chora-tadbirlarni yuksak baholadi va toʻliq qoʻllab-quvvatladi.
Sharl Mishel Yevropa Ittifoqi ushbu global xatarga qarshi kurashishda Oʻzbekistonga zarur yordam koʻrsatishga tayyorligini bildirdi, mamlakatimizga ushbu maqsadlar uchun moliyaviy-texnik koʻmak ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilingani haqida xabar qildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

