Review.uz saytidagi O'zbekiston iqtisodiyoti yangiliklari - dolzarb iqtisodiy yangiliklar, O'zbekiston moliya va bank sohasidagi yangiliklar
925 ta material

Toshkentda Oʻzbekiston-Turkiya texnoparki quriladi
Texnoparkda tibbiy vaksinalar va dori-darmon, uchuvchisiz qurilmalar ishlab chiqarish, kommunikatsiya sohasida yangi texnologiyalar yaratish, qishloq xoʻjalik va oziq-ovqat sohasidagi tadqiqotlarni amalga oshirish uchun keng koʻlamli investitsiyalar kiritiladi.

Buxoroda suv taʼminotini yaxshilashga OIIB tomonidan mablagʻ ajratiladi
Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki tomonidan 385, 12 mln AQSh dollari miqdorida qarz suv taʼminotini yaxshilash va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish uchun beriladi.

Oʻzbekistonda byudjet xarajatlari 2021 yilgacha qisqarishi mumkin
Byudjet tashkilotlarida 2021 yilning 1 yanvariga qadar moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi, shu jumladan, direktor jamgʻarmasi boʻyicha koʻzda tutilgan mablagʻlardan toʻlovlar toʻxtatib turiladi.

Eksport yuklarini va ularni tashishlarni sugʻurta qilish tartibi belgilandi
Sugʻurta qildiruvchi kim ekanligidan (eksport qiluvchi yoki moliyalovchi) kelib chiqib sugʻurta shartnomasining bir necha turi farqlanadi.

Biznes uchun 10 ming dollargacha grant ajratiladi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining qoʻshma tashabbusi kichik biznes subektlaridan Tadbirkorlikni Integratsiyalashgan dasturida ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish muddatini uzaytirdi.

Eng qimmat goʻsht Toshkent shahrida sotilmoqda
DSQ oziq-ovqat bozorlaridagi mahsulotlarning narxlarini keltirdi. Unga koʻra eng arzon mol goʻshti Nukus shahrida, eng qimmat mol goʻshti Toshkent shahrida sotilayotgani maʼlum boʻldi.

Samarqandda Xitoy bilan hamkorlikda muzlatgich ishlab chiqarish korxonasini ochiladi
Korxona 2021 yilda ishga tushirilib, yiliga 90 ming dona muzlatgich ishlab chiqariladi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi 1 trln soʻmlik bitimlarga oldindan rozilik berdi
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi shunday yirik bitimlarning bir nechtasini keltirib oʻtdi. Bular orasida «ANGLESEY FOOD» MChJ (korzinka.uz brendi ostida supermarketlar) ham kiritilgan.

Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasining daromad va xarajatlari maʼlum qilindi
Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi hisobiga 10 trln soʻm kelib tushdi, jamgʻarma xarajatlari esa 7,8 trln soʻmga teng boʻldi. Eng koʻp mablagʻ — jami 4,56 trln soʻm ijtimoiy soha va iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash sohasiga yoʻnaltirildi.

Markaziy bank: Pokiston Milliy bankining vakolatxonasiga berilgan akkreditatsiya sertifikati bekor qilindi
Pokiston Milliy bankining Toshkent shahridagi vakolatxonasi oʻz faoliyatini 1995 yil 29 noyabrdan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan akkreditatsiya sertifikatiga asosan yuritib kelayotgan edi.

Saudiyalik investorlar Sirdaryoda bugʻ-gaz elektr stansiyasini quradi
«The International Company for water and power projects» va «Acwa Power Sirdarya» MChJ oʻrtasida bugʻ-gaz elektr stansiyasini qurish boʻyicha investitsiya bitimi tasdiqlandi.

Oʻzbekistonda 1 mln soʻmgacha va 5 mln soʻmdan yuqori ish haqi oladiganlar soni koʻpaygan
Aprel-may oylarida mamlakatda 1 mln soʻmgacha ish haqi oladiganlar soni koʻpaygan 41,6 foizdan 42,6 foizga koʻpaygan.

Davlat byudjetining 1-yarim yillik xarajatlari 64 878,9 mlrd. soʻmni tashkil etdi
Hisobot davrida mahalliy byudjetlarning daromadlar qismi 12 870,7 mlrd. soʻmni, xarajatlar qismi esa 20 203,3 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

Markaziy bank valyuta kurslarini eʼlon qildi
Markaziy bank 10 avgustdan xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Joriy haftada dollar, yevro koʻtarildi.

Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari eksporti 1 mlrd. dollardan oshdi
Eksport qilingan mahsulotlarning asosiy qismi Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Qirgʻiziston va Turkiyaga toʻgʻri kelmoqda.

Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi Oʻzbekistonga 46,2 mln dollar ajratdi
Mazkur mablagʻlar Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida amalga oshirilayotgan «Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish» loyihasining 2-chi bosqichi doirasida taqdim etilmoqda.

Tadbirkorlar uchun yangilik: Shahrisabzda “Markaziy eksport bozori” tashkil qilindi
Dehqon va fermer xoʻjaliklari hamda eksportyorlar bozorning oʻzida barcha turdagi mahsulotlarni eksport qilish imkoniga ega boʻlishadi. “Markaziy eksport bozori” hafta davomida ishlaydi.

Oʻzbekiston bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlarining minimal va maksimal narxlari
Davlat statistika qoʻmitasi bozorlardagi narx-navo toʻgʻrisida maʼlumot berdi. Bozorlarda goʻsht narxi 40 000 soʻmdan 75 000 soʻmgacha, Shakar 5 800 soʻmdan 7 000 soʻmgacha sotilmoqda.

Samarqand aeroporti 62 million dollarga rekonstruksiya qilinadi
Samarqand aeroporti rekonstruksiya loyihasini Turkiyaning Kiklop va Oʻzbekistonning Primetime Group kompaniyasi amalga oshiradi. Aeroport kitob koʻrinishida qad rostlaydi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga byudjetdan qoʻshimcha 2 trillion soʻm ajratiladi
Ushbu mablagʻlar joriy yil yakuniga qadar qoʻshimcha 500 ming nafar ijtimoiy nafaqa oluvchilarga yoʻnaltirilishi belgilangan.

Markaziy bank: Banklarning muammoli kreditlari ulushi 2,9 foizgacha oʻsdi
Oʻzbekiston bank tizimidagi muammoli kreditlar ulushi yil boshidan buyon 1,4 foizga oʻsib, 2,9 foizga (7 trln soʻm) yetdi. Aksariyat banklarda kredit portfelining sifati yomonlashgan.

Ipoteka kreditlarini subsidiyalash uchun 7 milliard soʻmdan ziyod boshlangʻich badal toʻlab berildi
Oʻzbekistonda daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan oilalarga ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga subsidiyalar toʻlanishi belgilangan.

Buxorodagi issiqxona egalariga imtiyozli kreditlar ajratiladi
Ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlari toʻliq Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi (Jamgʻarma) tomonidan qoplanadi.

“COVID markaz” xodimlari moddiy ragʻbatlantiriladi
“COVID markaz” xodimlarining lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qoʻshimcha toʻlovlar oʻrniga har oylik moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlari belgilandi.

Oʻzbekiston va Rossiya Markaziy banklari kompyuter hujumlariga qarshi kurashish boʻyicha oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻydi
Ikki mamlakat Markaziy banklari kompyuter hujumlarining oldini olish va aniqlash, ularni bartaraf etish uchun shart-sharoitlar yaratishda hamkorlik qiladi.
