Tadbirkorlar uchun yangilik: Shahrisabzda “Markaziy eksport bozori” tashkil qilindi
Dehqon va fermer xoʻjaliklari hamda eksportyorlar bozorning oʻzida barcha turdagi mahsulotlarni eksport qilish imkoniga ega boʻlishadi. “Markaziy eksport bozori” hafta davomida ishlaydi.

Shahrisabz shahrida 700 oʻringa moʻljallangan “Markaziy eksport bozori” tashkil qilindi, deb xabar bermoqda Review.uzʼga Oʻzbekiston eksportchilar uyushmasi matbuot xizmati.

Eksportchilar uchun muhim yangilik: Fargʻonada «mini eksport bozori» tashkil etildi
"Mazkur bozorni ishga tushirishdan maqsad, shu yerning oʻzida barcha turdagi mahsulotlarni eksport qilish, shuningdek, eksport bozoriga tashrif buyurayotgan ishlab chiqaruvchilar, dehqon va fermer xoʻjaliklari hamda eksportyorlarga yengillik yaratishdan iboratdir", deyiladi xabarda.
Taʼkidlash joizki, “Markaziy eksport bozori”ning ishga tushishi nafaqat Shahrisabz shahrining, balki Qashqadaryo viloyati hamda respublika iqtisodiy salohiyatining oʻsishiga, eksport hajmining keskin oshishiga xizmat qiladi. Bu esa oʻz oʻrnida fermer va dehqon xoʻjaliklari rahbarlariga iqtisodiy koʻmak boʻlib, endilikda ular yetishtirgan qishloq xoʻjalik mahsulotlarini chetga eksport qilish uchun ortiqcha ovoragarchilikka yoʻl qoʻymaydilar. Bu bilan daromadlarining maʼlum qismini tejab, eksport ulushidan yaxshigina foyda olishlari mumkin.
Fotogalereya 4
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda





