Buxorodagi issiqxona egalariga imtiyozli kreditlar ajratiladi
Ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlari toʻliq Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi (Jamgʻarma) tomonidan qoplanadi.

Buxoroda yuz bergan tabiiy ofat natijasida yetkazilgan zararlarni qoplashga oid Hukumat farmoyishi qabul qilindi.
Unga koʻra, Buxorodagi tabiiy ofatdan talofat koʻrgan 116 nafar issiqxona egalariga viloyat hokimligi tomonidan shakllantirilgan roʻyxat asosida, istisno tariqasida:
ularning faoliyatini qayta tiklash uchun 18 foizdan oshmagan stavkada, 2 yilgacha boʻlgan muddatga jami 71,6 mlrd soʻm miqdorda tijorat banklari kreditlari ajratiladi;
ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlari toʻliq Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi (Jamgʻarma) tomonidan qoplanadi;
kreditlar taʼminotining 50 foizi Jamgʻarma kafilligi va qolgan qismi sugʻurta tashkilotlarining sugʻurta polisi asosida amalga oshiriladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

