| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi73 marta oʻqildi

Samarqandda Xitoy bilan hamkorlikda muzlatgich ishlab chiqarish korxonasini ochiladi

Korxona 2021 yilda ishga tushirilib, yiliga 90 ming dona muzlatgich ishlab chiqariladi.

Samarqandda Xitoy bilan hamkorlikda muzlatgich ishlab chiqarish korxonasini ochiladi

Yaqin kelajakda xitoylik hamkorlar bilan Nurobodda zamonaviy muzlatgichlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA “Oʻzeltexsanoat” maʼlumotiga tayanib.

Samarqand viloyatining Nurobod tumanida 1 gektar yer maydonida qad rostlashi kutilayotgan mazkur korxona «TESPACK» masʼuliyati cheklangan jamiyat tomonidan quriladi. 2021 yilda ishga tushirilishi belgilangan umumiy qiymati 2,5 million dollar boʻlgan korxona loyihasi qurilish ishlari boshlab yuborildi. Bu yerda yiliga 90 ming dona muzlatgich ishlab chiqarish, 120 ta yangi ishchi oʻrni yaratish rejalashtirilmoqda.

- Korxona ishga tushgach, hudud aholisi, ayniqsa, yoshlar bandligi taʼminlanadi, - deydi korxona rahbari Zafar Ahmadjonov. – Bugungi kunda korxonada qurilish ishlari jadal surʼatda davom ettirilmoqda. Zarur texnika va jihozlar Xitoydan olib kelingan.

Ayni paytda hamkorlar bilan xodimlarni oʻqitish va kasb koʻnikmasini oshirish ustida ish olib borilmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ