| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi

Buxoroda suv taʼminotini yaxshilashga OIIB tomonidan mablagʻ ajratiladi

Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki tomonidan 385, 12 mln AQSh dollari miqdorida qarz suv taʼminotini yaxshilash va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish uchun beriladi.

Buxoroda suv taʼminotini yaxshilashga OIIB tomonidan mablagʻ ajratiladi

uxoroda suv taʼminotini yaxshilashga OIIB tomonidan mablagʻ ajratiladi

"Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki ishtirokida "Buxoro viloyatining suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (OIIB) tomonidan "Buxoro viloyatining suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish" loyihasi uchun 25 yil muddatga (5 yillik imtiyozli davr bilan) 385, 12 mln AQSh dollari miqdorida qarz berilishi maʼqullangan.

Loyihaning umumiy qiymati 437,62 mln AQSh dollarini, shu jumladan:

  • OIIB qarzi – 385,12 mln;

  • Oʻzbekiston hissasi – soliq va bojxona imtiyozlari berish tarzida 52,5 mln AQSh dollarini tashkil etadi.

Loyihani amalga oshirish davri 4 yilni (2020-2023 yillar) tashkil etadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ