| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi199 marta oʻqildi

Oʻzbekistonda 1 mln soʻmgacha va 5 mln soʻmdan yuqori ish haqi oladiganlar soni koʻpaygan

Aprel-may oylarida mamlakatda 1 mln soʻmgacha ish haqi oladiganlar soni koʻpaygan 41,6 foizdan 42,6 foizga koʻpaygan.

Oʻzbekistonda 1 mln soʻmgacha va 5 mln soʻmdan yuqori ish haqi oladiganlar soni koʻpaygan

Moliya vazirligi mamlakatning 2020 yil birinchi yarim yillik yakunlariga bagʻishlan Davlat byudjeti daromadlari sharhida maʼlum qilishicha, 4,16 million kishi ish haqi boʻyicha soliq toʻlagan boʻlib, fevral oyidagi raqamlarga nisbatan 2,1 foizga, yaʼni 87559 kishiga kam demakdir. Mazkur koʻrsatkich I chorakka nisbatan quyidagi asosiy omillar tufayli kamaygani aytildi:

  • aprel oyida iqtisodiy faollikning pasayishi natijasida xususiy sektorda mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasining kamayishi. Bu kamayish karantin boʻyicha qatʼiy cheklovlar qabul qilingan davrda, xodimlarga, shu jumladan byudjet tashkilotlarida taʼtil toʻlovlarini berish orqali qisman qoplandi;

  • 2020 yilda xodimga toʻlanadigan va soliqqa tortilmaydigan moddiy yordam summasi MHTEKMning 4,22 baravaridan 7,5 baravarigacha oshirilishi.

Aprel-may oylarida mamlakatda 1 mln soʻmgacha ish haqi oladiganlar soni koʻpaygan — 1,67 mlndan 1,77 mlngacha (41,6 foizdan 42,6 foizgacha).

Shu bilan bir qatorda, 5,5 mln soʻm va undan yuqori ish haqi oladigan fuqarolar soni ham oshgan — 239,5 ming kishi (yanvar-mart oylarida 184,8 ming edi).

Qolgan toifadagilarning ish haqi darajasi dinamikasi pasaygan:

  • 1 mln kishi — 1 mln soʻmdan 2 mln soʻmgacha ish haqi oladi (yanvar-mart oylarida 1,1 mln edi);

  • 888 mingga yaqin kishi — 2 mln soʻmdan 4 mln soʻmgacha ish haqi oladi (yanvar-mart oylarida 911 ming edi);

  • 194,8 ming kishi — 4 mln soʻmdan 5,5 mln soʻmgacha ish haqi oladi (yanvar-mart oylarida 198 ming edi).

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ