| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi

Oʻzbekiston va Rossiya Markaziy banklari kompyuter hujumlariga qarshi kurashish boʻyicha oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻydi

Ikki mamlakat Markaziy banklari kompyuter hujumlarining oldini olish va aniqlash, ularni bartaraf etish uchun shart-sharoitlar yaratishda hamkorlik qiladi.

Oʻzbekiston va Rossiya Markaziy banklari kompyuter hujumlariga qarshi kurashish boʻyicha oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻydi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki oʻrtasida kompyuter hujumlariga qarshi kurashish boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Markaziy banki matbuot xizmati.

Markaziy bank: Toʻlov tizimlari operatorlarining axborot xavfsizligini taʼminlash talablari belgilandi

Memorandum kompyuter hujumlarining oldini olish va aniqlash, ularni bartaraf etish uchun shart-sharoitlar yaratish va tomonlarning axborot xavfsizligi darajasini oshirishga qaratilgan ikki mamlakat Markaziy banklarining oʻzaro hamkorligini koʻzda tutadi.

Kompyuter hujumlariga qarshi kurashish boʻyicha hamkorlik bank tizimida axborot xavfsizligining tahdidi yuzasidan prognozlarni ishlab chiqish va ogohlantirish strategiyalarining samaradorligini oshirish, kompyuter hujumlarining sabablarini aniqlash, ularga munosabat bildirish va oqibatlarini bartaraf etish bilan bogʻliq boshqa vazifalarni amaliyotga tatbiq etish imkonini beradi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ