Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasining daromad va xarajatlari maʼlum qilindi
Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi hisobiga 10 trln soʻm kelib tushdi, jamgʻarma xarajatlari esa 7,8 trln soʻmga teng boʻldi. Eng koʻp mablagʻ — jami 4,56 trln soʻm ijtimoiy soha va iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash sohasiga yoʻnaltirildi.

Moliya vazirligi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasining daromad va xarajatlari haqida maʼlumot berdi.
11 avgust kuniga qadar Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarma hisobiga jami 10 trln soʻm kelib tushgan. Ulardan 9,87 trln soʻmi xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari boʻlsa, qolgan 123,5 mlrd soʻmi Davlat byudjeti hisobidan. Jamgʻarma xarajatlari 7,8 trln soʻmga teng boʻlgani maʼlum qilindi.
Ijtimoiy soha
Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasidan eng koʻp mablagʻ mamlakat ijtimoiy sohasiga — jami 2,56 trln soʻm (+0,4 tlrn soʻm) yoʻnaltirilgan. Bunda, mablagʻlar quyidagicha taqsimlangan:
512 mlrd soʻm shaharlar va koʻcha yoʻllarini taʼmirlash ishlariga;
489 mlrd soʻm ijtimoiy nafaqalarga;
372 mlrd soʻm umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablarni qurish, rekonstruksiyalash, jihozlash ishlariga;
200 mlrd soʻm band boʻlmagan fuqarolarni vaqtinchalik ishlarga jalb qilish uchun Jamoat ishlari jamgʻarmasiga;
181 mlrd soʻm Toshkent shahar mahalliy byudjetiga ssuda sifatida;
138 mlrd soʻm maktabgacha taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash ishlariga;
117 mlrd soʻm byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga subsidiya;
100 mlrd soʻm Prezident maktablarini qurish va jihozlash ishlariga;
100 mlrd soʻm kam taʼminlangan oilalarda yashovchi xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash uchun Kasaba uyushmalari federatsiyasiga;
78 mlrd soʻm mahalliy byudjetlarga soliq imtiyozlari berilishi natijasida daromadlar yetishmovchiligini qoplash uchun;
62 mlrd soʻm «Agrobank» ATBga aholi bandligini taʼminlash uchun kredit liniyalari;
57 mlrd soʻm jismoniy tarbiya va sport obʼyektlarini qurish va jihozlash ishlariga;
54 mlrd soʻm «Oʻztemiryoʻlovchi» AJning fuqarolarni manzillariga yetkazib qoʻyish xarajatlari;
50 mlrd soʻm ishsiz, kam taʼminlangan oilalarga shaxsiy tomorqalarini rivojlantirishga;
30 mlrd soʻm «Toshkent metropoliteni» va «Toshshahartransxizmat» xodimlariga ish haqi toʻlash uchun;
25 mlrd soʻm karantindagi fuqarolarni doimiy yashash manzillariga olib borib qoʻyish hamda xorijiy davlatlardan qaytib kelgan fuqarolarni karantin hududlariga tashish xarajatlari;
9 mlrd soʻm «Oʻzavtotransservis» va «Toshshahartransxizmat» transport xarajatlarini qoplashga.

Iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash
Mamlakat iqtisodiyotini qoʻllab-quvvatlash uchun jami 2 trln soʻm (+164 mlrd soʻm) sarflangan. Ushbu mablagʻning 500 mlrd soʻmi «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ korxonalariga, 401 mlrd soʻm esa Oʻzbekneftgaz AJga subsidiya sifatida, 250 mlrd soʻm «Hududiy elektr tarmoqlari» AJga va 150 mlrd soʻm «Navoiyazot» AJga ssuda sifatida berilgan.
Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasidan 300 mlrd soʻm mablagʻ tuman byudjetlariga yer maydonlaridan foydalanish uchun va 14 mlrd soʻm kichik sanoat zonalari uchun ajratilgan.
Shu bilan birga, aviatsiya sohasiga jami 507 mlrd soʻm sarflangan (406 mlrd soʻm Uzbekistan Airways va 101 mlrd Uzbekistan Airportsʼga ssuda sifatida berilgan). Oʻz oʻrnida, turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga 20 mlrd soʻm ajratilgan.
Qolgan 40 mlrd soʻm esa «Birinchi Rezinotexnika Zavodi» MCHJning xarajatlarini qoplash uchun safarbar etilgan.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi
Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi hisobiga 1,8 trln soʻm (+0,9 trln soʻm) oʻtkazilgan. Ushbu summadan 530 mlrd soʻm test tizimlari, reaktivlar va himoya vositalarini sotib olish uchun sarflangan.
358 mlrd soʻm fuqarolarni karantinda saqlash bilan bogʻliq xarajatlarga va 110 mlrd soʻm ularning ovqatlantirishga; 28 mlrd soʻm jamoat joylarini dezinfeksiya qilish ishlariga, 10 mlrd soʻm epidemiologik holat bilan kurashish boʻyicha tadbirlarga sarflangan.
Bundan tashqari, karantin tadbirlari va koronavirusga qarshi kurashda ishtirok etayotgan tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarga qoʻshimcha ragʻbatlantirish uchun toʻlovlarga 597 mlrd soʻm sarflangan. 11 mlrd soʻm maxsus avtotransport vositalarini xarid qilish uchun yaratilgan.

Shifoxonalarni qurish va jihozlash
Jami 816 mlrd soʻm (+132 mlrd soʻm) shifoxonalar va karantin majmualarini qurish va jihozlash uchun sarflangan. Ushbu mablagʻning 365 mlrd soʻmi 10 ming oʻrinli maxsus shifoxonalar qurish uchun, 251 mlrd soʻm 20 ming oʻrinli aholini vaqtinchalik karantinda saqlash majmuasini qurish uchun, 39 mlrd soʻm Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand hamda Surxondaryo viloyatlarida tashkil etiladigan maxsus shifoxonalar va vaqtinchalik karantinda saqlash majmualariga, shuningdek, 10 mlrd soʻm diagnostika laboratoriyasi majmuasi rekonstruksiyasiga sarflangan.
Shuningdek, 29 mlrd soʻm Hududiy elektr tarmoqlari AJga, 27 mlrd soʻm Toshkent viloyati Zangiota tumanila 2160 oʻrinli tibbiyot xodimlari uchun yotoqxona majmuasi qurilishiga, 15 mlrd soʻm Namangan shahrida 120 oʻrinli tugʻriq majmuasi qurilishiga va 8 mlrd soʻm Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanida tibbiyot birlashmasi qurilishi va rekonstruksiya ishlariga Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasidan safarbar etilgan.

Suv taʼminoti va irrigatsiya tadbirlari
Xarajatlar qatorida 692 mlrd soʻm (+90 mlrd soʻm) suv taʼminoti va irrigatsiya tadbirlariga yoʻnaltirilgan.
Bunda, ajratilgan mablagʻlar quyidagicha taqsimlangan:
336 mlrd soʻm irrigatsiya obʼyektlarini qurish va rekonstruksiyasi uchun;
153 mlrd soʻm Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga ichimlik suvi taʼminoti va oqava suv chiqarish tizimlarini qurishga;
89 mlrd soʻm «Hududiy suv taʼminoti» MCHJga ssuda tariqasida ajratilgan mablagʻlar;
53 mlrd soʻm Davlat ekologiya qoʻmitasiga ssuda sifatida.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

