| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes2 daqiqada oʻqiladi107 marta oʻqildi

Biznes uchun 10 ming dollargacha grant ajratiladi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining qoʻshma tashabbusi kichik biznes subektlaridan Tadbirkorlikni Integratsiyalashgan dasturida ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish muddatini uzaytirdi.

Biznes uchun 10 ming dollargacha grant ajratiladi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi oʻzaro tashabbusi kichik biznes vakillaridan Biznesni integratsiyalashgan qoʻllab-quvvatlash dasturida ishtirok etishga arizalarni qabul qilish muddati uzaytirilganini xabar qildi.

Arizalar 2020 yil 31 avgust, soat 18:00 gacha qabul qilinadi.

Bundan tashqari, dasturda endi nafaqat Namangan va Samarqand, balki Jizzax, Qashqadaryo va Fargʻona viloyatlaridan ham tadbirkorlar ishtirok etishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, dastur kichik korxonalarning raqobatdoshligini oshirish, ularning samaradorligini oshirish va oʻsishiga koʻmaklashish maqsadida ularni konsultativ va moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan (10,000 AQSh dollarigacha grant mablagʻlari).

Treninglar va konsalting xizmatlari, shuningdek, individual kouching maslahatlari Oʻzbekistonning tajribali mutaxassislari tomonidan asosiy biznes-vazifalarni hal etish, strategik rejalashtirish, marketing, operatsion va moliyaviy menejment kabi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi.

Dastur uch bosqichdan iborat va 3 oy mobaynida davom etadi.

I-bosqich: tanlab olingan korxonalar uchun onlayn shaklda treninglar oʻtkaziladi.

II-bosqich: korxonalar uchun konsalting va shaxsiy kouching maslahatlari beriladi.

III-bosqich: ishtirokchi kompaniyalarga ularning biznes gʻoyalari/loyihalarini amalga oshirish uchun 10 ming AQSh doll. miqdorigacha ekvivalentda begʻaraz texnik koʻmak olish imkoniyati beriladi.

Tanlovda ishtirok etish shartlari va mezonlari:

Dasturda ishtirok etish uchun, quyidagi mezonlarga mos keladigan, kichik biznes vakillari onlayn shakldagi arizani toʻldirishlari yoki elektron pochta orqali skaner qilingan shaklni yuborishlari talab etiladi.

Ishtirokchilar uchun asosiy talablar:

  • Oʻzbekiston rezidenti tomonidan asos solingan, Jizzax, Namangan, Samarqand, Fargʻona va Qashqadaryo viloyatlarida roʻyxatga olingan yuridik shaxs shaklidagi kichik biznes subʼyekti;

  • Quyidagi keltirilgan sohalar boʻyicha ikki yildan kam boʻlmagan muddat ichida faoliyat yuritayotgan boʻlishi;

  • Ishchilar soni 5 dan 50 gacha boʻlishi;

  • Soliq va boshqa toʻlovlar, olingan kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik yoʻqligi;

  • Amalga oshiriladigan reja / loyihaning 20% dan kam boʻlmagan qismini moliyalashtirish imkoniyati mavjudligi.

Shuningdek, ishtirokchilar 2020 yil avgust oyidan shu yilning dekabr oyiga qadar treninglar va individual kouching maslahatlarini olish uchun 32 soat oʻquv mashgʻulotlariga vaqt ajratishga tayyor boʻlishlari zarur.

Arizalar 2020 yil 10 avgust, soat 18:00 gacha qabul qilinadi.

Taqdim etiladigan hujjatlar:

  • Toʻldirilgan ariza shakli;

  • Roʻyxatgan oʻtganlik toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi.

Ayollar yoki 35 yoshgacha boʻlgan yoshlar tomonidan asos solingan, yoki ayollar va yoshlar uchun ish oʻrinlari yaratadigan kichik biznes turlari nomzodlarni tanlashda afzallikka ega boʻladi.

Dasturda tanlov asosida ishtirok etish mutlaqo bepul.

Hujjatlar bu yerda onlayn tarzda toʻldirilishi yoki skanerlangan shaklda ibs@chamber.uz elektron pochtasiga yuborilishi lozim.

Ariza shaklini bu yerdan yuklab olishingiz mumkin.

Maʼlumot uchun telefon: 1094.

Biznesni integratsiyalashgan holda qoʻllab-quvvatlash dasturi Yaponiya hukumatining moliyaviy koʻmagi hisobidan amalga oshirilmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ