Eng qimmat goʻsht Toshkent shahrida sotilmoqda
DSQ oziq-ovqat bozorlaridagi mahsulotlarning narxlarini keltirdi. Unga koʻra eng arzon mol goʻshti Nukus shahrida, eng qimmat mol goʻshti Toshkent shahrida sotilayotgani maʼlum boʻldi.

Davlat statistika qoʻmitasi mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 11 avgust, seshanba kuni kuzatuv oʻtkazib, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini keltirdi. Unda faqatgina dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, doʻkonlardagi narxlar inobatga olinmagan.
Mol goʻshti (suyaksiz goʻshtidan tashqari) 40 000 soʻmdan 65 000 soʻmgacha (kilogramm)
Kuzatuv natijasiga koʻra, 1 kilogramm mol goʻshtining (suyaksiz goʻshtidan tashqari) minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori» va Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori»ning arzonlashtirilgan goʻsht rastalarida qayd etilgan (40 000 soʻm). Mol goʻshtining maksimal narxi esa Chirchiq shahrining «Chirchiq shahar dehqon bozori» va Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (65 000 soʻm).
Qoʻy goʻshti 39 000 soʻmdan 75 000 soʻmgacha (kilogramm)
Qoʻy goʻshtining minimal narxi kuzatuv natijasiga koʻra, Toshkentning «Mirobod dehqon bozori»da (39 000 soʻm) roʻyxatga olingan. Maksimal narxi esa Toshkentning «Oloy dehqon bozori»da (75 000 soʻm) kuzatildi.
Kartoshka 2500 soʻmdan 6000 soʻmgacha (kilogramm)
Kuzatuv natijalariga koʻra, Namangan shahrining «Namangan chorsu dehqon universal bozori», Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori» va «Damariq dehqon bozori», Termiz shahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori», Chirchiq shahrining «Chirchiq shahar dehqon bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori» va «Qoʻyliq dehqon bozori»da sotuvda boʻlgan yirik boʻlmagan kartoshkaning narxi minimal narx sifatida (2500 soʻm) qayd etilgan. Shu bilan birga, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da sotilgan saralangan kartoshkaning narxi maksimal narx sifatida (6000 soʻm) qayd etildi.
Piyoz 1000 soʻmdan 3000 soʻmgacha (kilogramm)
Kuzatuv natijasiga koʻra, Namangan shahrining «Namangan chorsu dehqon universal bozori», Termiz shahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori», Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori», Chirchiq shahrining «Chirchiq shahar dehqon bozori», Yangiyoʻl shahrining «Ixtisoslashgan Yangiyoʻl shahar dehqon bozori» da (1000 soʻm) roʻyxatga olindi. Maksimal narx sifatida esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da sotuvda boʻlgan saralangan piyozning narxi kuzatildi (3000 soʻm).
Sabzi 1500 soʻmdan 4500 soʻmgacha (kilogramm)
Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga koʻra, Jizzax shahrining «Eski shahar dehqon bozori», Namangan shahrining «Namangan chorsu dehqon universal bozori», Termiz shahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori», Chirchiq shahrining «Chirchiq shahar dehqon bozori» va Fargʻona shahrining «Markaziy dehqon bozori»da (1500 soʻm) qayd etilgan. Shu bilan birga, Toshkent shahrining «Eski joʻva dehqon bozori» va «Oloy dehqon bozori» da sotuvda boʻlgan tozalangan va saralangan sabzining narxi maksimal narx sifatida (4500 soʻm) qayd etildi.
Tuxum 6000 soʻmdan 12000 soʻmgacha (10 dona)
Kuzatuv natijasiga koʻra, Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori»da sotuvda boʻlgan mayda tuxumning narxi minimal narx sifatida qayd etildi (6000 soʻm). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori» va «Farhod dehqon bozori»da qayd etilgan (12 000 soʻm).
Guruch 5000 soʻmdan 18 000 soʻmgacha (kilogramm)
Kuzatuv natijalariga koʻra, guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da («Nukus 2» navli guruch) va Qarshi shahrining «Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori»da (5000 soʻmdan) qayd etilgan. Maksimal narx esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi («Lazer» navli guruch 18 000 soʻm).
Oʻsimlik yogʻi 8800 soʻmdan 14 500 soʻmgacha (litr)
Oʻsimlik yogʻi mahsulotlarining kuzatuv natijasiga koʻra, minimal narxi Toshkentning «Eski joʻva dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (mahalliy paxta yogʻi 8800 soʻm) kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (kungaboqar yogʻi 14 500 soʻm) kuzatildi.
Shakar 5800 soʻmdan 7 000 soʻmgacha (kilogramm)
Shakar mahsulotining kuzatuv natijasiga koʻra, minimal narxi Toshkentning «Farhod dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori», «Eski joʻva dehqon bozori» va «Qoʻyliq dehqon bozori»da (5800 soʻm) qayd etildi. Maksimal narxi esa Toshkentning «Eski joʻva dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (7000 soʻm) kuzatildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

