“COVID markaz” xodimlari moddiy ragʻbatlantiriladi
“COVID markaz” xodimlarining lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qoʻshimcha toʻlovlar oʻrniga har oylik moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlari belgilandi.

“Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan, markaziy va oilaviy poliklinikalar negizida tashkil etiladigan maxsus poliklinikalar (“COVID markaz”) xodimlarining lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qoʻshimcha toʻlovlar oʻrniga quyidagi har oylik moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlari belgilandi:
👉 vrach xodimlarga – 2,5 mln soʻm;
👉 oʻrta tibbiyot xodimlariga – 1,5 mln soʻm;
👉 kichik tibbiyot xodimlariga – 1 mln soʻm;
👉 boshqa xodimlarga – 500 ming soʻm.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

