| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi81 marta oʻqildi

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi 1 trln soʻmlik bitimlarga oldindan rozilik berdi

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi shunday yirik bitimlarning bir nechtasini keltirib oʻtdi. Bular orasida «ANGLESEY FOOD» MChJ (korzinka.uz brendi ostida supermarketlar) ham kiritilgan.

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi 1 trln soʻmlik bitimlarga oldindan rozilik berdi

Yil boshidan 1 iyulgacha boʻlgan muddat davomida Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarni qoʻshib yuborish yoki qoʻshib olish, shuningdek, subʼyektlarning aksiyalarini olish boʻyicha bitimlarga oldindan rozilik berish boʻyicha jami 64 ta murojaat kelib tushgan. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining axborot xizmati xabar berdi.

1 iyul holatiga koʻra, kelib tushgan 64 ta murojaatlarning 14 tasi xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish yuzasidan, 50 tasi esa ustav fondidagi (kapitalidagi) aksiyalarni olishga doir murojaatlar hisoblanadi. Ushbu murojaatlarning 18 tasi xorijiy investorlarga tegishli.

2019 yilning mos davrida ushbu masalalar boʻyicha kelib tushgan murojaatlar soni 106 ta boʻlgan.

Shu bilan bir qatorda «Raqobat toʻgʻrisida"gi qonun talablarini buzganligi uchun, yaʼni xoʻjalik yurituvchi subʼyektning ustav fondidan ulush olishda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olmasdan amalga oshirilgan bitim sababli 2 ta xoʻjalik subʼyektiga nisbatan ish qoʻzgʻatildi.

Yilning birinchi yarim yilligi davomida qoʻmita tomonidan jami 1 trln soʻmlik bitimlarga oldindan rozilik berildi, shundan 479 mlrd soʻmlik bitimlar xorijiy investorlar hissasiga toʻgʻri keladi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi shunday yirik bitimlarning bir nechtasini keltirib oʻtdi:

  • TOO «Motornaya kompaniya «Astana-Motors» (Qozogʻiston) tomonidan «HYUNDAI AUTO ASIA» MChJ QKning ustav fondidagi 70 foiz ulushini olishiga;

  • «Astana-Motors» kompaniyasining asosiy faoliyati avtomobillar realizatsiyasi va ularga texnik xizmat koʻrsatish hisoblanadi;

  • «ANGLESEY INVESTMENTS PTE. LTD.» kompaniyasi (Singapur) tomonidan «ANGLESEY FOOD» MChJ XKning ustav fondidagi 100 foiz ulushini olish;

  • «ANGLESEY FOOD» MChJ XKning faoliyat turi ixtisoslashgan doʻkonlarda boshqa yangi tovarlar chakan savdosi hisoblanadi;

  • AGROMIR BUKHARA" MChJ QK va «AGROMIR CHUST» MChJ QKni «AGROMIR» MChJ QKga qoʻshib yuborish.

Ayni bir taʼsischilarga ega boʻlgan, «Agromir» kompaniyalar guruhiga kiruvchi Buxoro, Namangan va Samarqand viloyatlarida joylashgan ushbu korxonalarning faoliyat turi meva va sabzavot sharbatlarini ishlab chiqarish hisoblanadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ