| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi50 marta oʻqildi

Markaziy bank: Pokiston Milliy bankining vakolatxonasiga berilgan akkreditatsiya sertifikati bekor qilindi

Pokiston Milliy bankining Toshkent shahridagi vakolatxonasi oʻz faoliyatini 1995 yil 29 noyabrdan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan akkreditatsiya sertifikatiga asosan yuritib kelayotgan edi.

Markaziy bank: Pokiston Milliy bankining vakolatxonasiga berilgan akkreditatsiya sertifikati bekor qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Bank nazorati qoʻmitasining 2020 yil 30 iyuldagi qaroriga muvofiq, Pokiston Respublikasi Milliy bankining Toshkent shahridagi vakolatxonasiga berilgan akkreditatsiya sertifikati bekor qilindi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.

Mazkur qaror Pokiston Milliy bankining (PMB) Xalqaro operatsiyalar biznes strategiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjondagi bank operatsiyalarini, shu jumladan, Toshkent shahridagi vakolatxonasini yopish toʻgʻrisidagi murojaatiga binoan qabul qilindi.

Eslatib oʻtamiz, Pokiston Milliy bankining Toshkent shahridagi vakolatxonasi Oʻzbekiston Respublikasi va Pokiston Respublikasi oʻrtasidagi bank hamda investitsiyalar sohasidagi oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan. U oʻz faoliyatini 1995 yil 29 noyabrdan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan akkreditatsiya sertifikatiga asosan yuritib kelayotgan edi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ