| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes2 daqiqada oʻqiladi69 marta oʻqildi

Toshkentda Oʻzbekiston-Turkiya texnoparki quriladi

Texnoparkda tibbiy vaksinalar va dori-darmon, uchuvchisiz qurilmalar ishlab chiqarish, kommunikatsiya sohasida yangi texnologiyalar yaratish, qishloq xoʻjalik va oziq-ovqat sohasidagi tadqiqotlarni amalga oshirish uchun keng koʻlamli investitsiyalar kiritiladi.

Toshkentda Oʻzbekiston-Turkiya texnoparki quriladi

Turkiyaning eng yirik nashrlaridan biri – «Saboh» gazetasi innovatsiyalar sohasida Oʻzbekiston va Turkiya hamkorligining yangi bosqichi haqida maqola eʼlon qildi. «Oʻzbekistonga texnopark investitsiyasi» maqolasida turli sohalarni qamrab olgan yirik texnologik loyiha – Olmazor texnoparkini moliyalashtirish haqida soʻz boradi.

«Turkiyaning Oʻzbekiston hukumati tashabbusi bilan boshlagan texnopark loyihasi boʻyicha amaliy qadamlar qoʻyildi. Bu boradagi ilk qadam – Toshkentdagi Olmazor texnoparki boʻladi» deb boshlanadi maqola.

Turkiya keyingi yillarda turli sohalarda boshlagan milliy texnologiya jarayonlarini eksport qilish darajasiga erishdi va oʻzi erishgan ilmiy yutuqlarni turkiy tilli mamlakatlar bilan oʻrtoqlashmoqda. Turk Kengashi va turkiy tilli davlatlarning birgalikdagi saʼy-harakatlari samarasini bera boshlagach, qoʻshma ishlab chiqarish, ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlikni rivojlantirish, ayniqsa pandemiya sharoitida aniqlik kasb eta boshladi.

Toshkent shahridagi Olmazor tumanida barpo etiladigan texnopark shunday faoliyatlarning birinchisidir. Hozirda oʻtgan yili memorandum imzolanishi bilan ilk qadam qoʻyilgan qoʻshma texnopark loyihasining tafsilotlari aniq boʻldi. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining taklifi bilan barpo etiladigan texnoparkda Turkiyaning yuqori texnologiyalar sohasida dunyo boʻylab faoliyat yuritadigan davlat va xususiy korxonalari faoliyat yuritadi. Yer ajratish bilan bir qatorda, Oʻzbekiston ushbu loyihaning infratuzilmasini oʻz zimmasiga oladi, shuningdek, mamlakatning ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanadigan kompaniyalari ham jalb qilinadi. Loyihaning Turkiya tomonidan ishtirokchisi esa Istanbul texnoparki boʻladi.

Turk dunyosi birdamlik uyushmasi vitse-prezidenti, investitsiyalarning «meʼmorlari»dan biri Mustafo Jankat Aytek tomonlarning har biri 50 foiz ulushga ega boʻlishini taʼkidladi. Aytek mintaqadagi boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilish ustida ham ish olib borilayotganini maʼlum qildi.

Mustafo Jankat Aytek Oʻzbekiston innovatsion rivojlanish vazirining oʻrinbosari Oybek Norinboyev boshchiligidagi delegatsiya 2019 yilda Istantul texnoparkiga tashrif qilishganini taʼkidlab, quyidagi maʼlumotlarni berdi:

«Ziyorat asnosida Oʻzbekiston delegatsiyasi va Istanbul Texnoparki Bosh direktori Bilol Toʻpchi orasida hamkorlik, shu jumladan mamlakatda qoʻshma texnopark tashkil etish masalalarini oʻz ichiga olgan memorandum imzolangan».

Mustafo Jankat Aytek, texnoparkda tibbiy vaksinalar va dori-darmon, uchuvchisiz qurilmalar ishlab chiqarish, kommunikatsiya sohasida yangi texnologiyalar yaratish, qishloq xoʻjalik va oziq-ovqat sohasidagi tadqiqotlarni amalga oshirish uchun keng koʻlamli investitsiyalar kiritilishini aytdi.

Aytek: «Bu loyihalarning eng ustun tarafi - dunyo boʻylab yoyilgan turkiy tilli davlatlar olimlarining bilim qudrati oʻz yurtiga qaytadi. Ushbu masalada avvallari oʻz iqtidorlarini namoyon qilolmagan turkiy tilli olimlar investitsiyalarning kirib kelayotgani uchun oʻz sohalarida ishlash niyatida ekanini aytmoqdalar», dedi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ