Tahlil
452 ta material

Uzbekistan Airways yana bir nechta davlatlarga qatnovlarni bekor qildi
Aviakompaniya koronavirus tufayli yana bir qancha davlatlarga qatnovni bekor qildi. Reyslari bekor qilingan yoʻlovchilarga chiptani qaytarish qoʻshimcha toʻlovlarsiz va jarimalarsiz amalga oshiriladi.

UzAuto Motors avtomobillar narxlari nima uchun koʻtarilganligiga izoh berdi
UzAuto Motors kompaniyasi avtomobillar narxlarining koʻtarilishini Oʻzbekistonda soliqlarning koʻtarilishi bilan izohladi. Shuningdek, 2019 yilda kompaniya 2,5 trln. soʻm soliq toʻlagan boʻlsa, joriy yil uchun esa ushbu koʻrsatkich 4,2 trln. soʻmni tashkil qilishi kutilmoqda, deyilgan xabarda.

Coca-Cola Oʻzbekistonga investitsiya kiritmoqchi
Coca-Cola kompaniyasi 2020—2021 yillarda Oʻzbekistonga 31 million dollar miqdorida investitsiya kiritishni rejalashtirgan.

"Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" Davlat dasturning Iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari
"Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" Davlat dasturning Iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga oid qismi 15 ta boʻlim, va 96 bandni oʻz ichiga oladi.

Eksportni moliyalashtirish: eksport oldi kreditlari va eksport jarayonlarini sugʻurtalash
Har bir davlatning eksport salohiyatini oshirishda eksport tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatishni moliyalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, Oʻzbekistonda eksportbop tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni moliyalashtirish, xususan, eksport oldi kreditlari berish hamda eksport faoliyatini sugʻurtalash maqsadida moliya va kapital bozorlarini yanada rivojlantirish kechiktirib boʻlmaydigan vazifalardan hisoblanadi.

Shavkat Mirziyoyev "LUKOYL" kompaniyasi rahbarini qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 mart kuni Rossiyaning «LUKOYL» kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperovni qabul qildi.

Misrning farmatsevtik kompaniyasi Oʻzbekistonga 20 mln. dollar investitsiya kiritmoqchi
Misrning Solyphar farmatsevtik kompaniyasi Oʻzbekistonda farmatsevtik mahsulotlar ishlab chiqarish uchun qariyb 20 mln. dollar investitsiya kiritmoqchi.

Oʻzbekistonning oziq-ovqat bozorlaridagi narx-navolar
Oʻzbekiston hududidagi bozorlarda goʻsht 36 ming soʻmdan 70 ming soʻmgacha sotilmoqda. Guruch esa 3 800 soʻmdan 18 ming soʻmgacha.

Bayramga aksiya boshlagan UzAuto Motors avtomobil sotishni vaqtincha toʻxtatdi
UzAuto Motors avtomobil sotishni vaqtincha toʻxtatgani haqida xabar tarqatdi. Qachondan yana mashinalar sotuvi yoʻlga qoʻyilishi kompaniya tomonidan eʼlon qilinadi.

Xorijdan Toshkentga yangi reys ochiladi
Tataristonning "Begishevo" xalqaro aeroporti va "Nordwind Airlines" aviakompaniyasi 16 martdan boshlab Toshkentga yangi reysni ochadi.

2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni xalq manfaatlari yoʻlida izchil davom ettirish maqsadida 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi keng jamoatchilik ishtirokida atroflicha muhokama qilingan holda tayyorlandi.

Koronavirus sabab bozorlar kasodga uchramoqda
Euronews koronavirus epidemiyasi tufayli koʻpgina yirik kompaniyalarning zarar koʻrayotgani haqida xabar qildi. Jusladan, koʻplab aviakompaniyalar allaqachon Xitoyga parvoz qilishni toʻxtatgan.

Infografika: Oʻzbekiston avtomobil sanoati YEOIIga kirish shartlarida
Transport xarajatlarini kamaytirishdan olingan daromad yiliga taxminan 240 million dollar boʻladi. Umuman olganda, avtomobil narxi kamida 10-15% ga kamayadi.

“Toshkent-Kiyev” avia va "Toshkent-Xarkov" temir yoʻl qatnovi tiklanishi mumkin
Oʻzbekiston-Ukraina biznes forumi doirasida “Toshkent-Kiyev-Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha havo qatnovini yoʻlga qoʻyish masalasi muhokama qilindi.

Oʻzbekistonda 1 martdan nimalar oʻzgaradi?
1 martdan Oʻzbekistonga ayrim jihozlarni olib kirilishi taqiqlanadi, Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimi joriy etiladi

Oʻzbekiston aeroportlarida xizmat koʻrsatish tariflari pasaytirilmoqda
Mamlakat aholisi va chet ellik sayyohlar uchun aviachiptalar narxi pastlaydi. Xorijiy avikompaniyalarning yuk tashish reyslarida esa yukga ishlov berish tariflari ham pasaytiriladi.

Ishbilarmonlik faolligi indeksi oʻtgan yilga nisbatan sezilarli darajada oʻsdi
Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2020 yil yanvar oyida 2019 yilning shu davriga nisbatan – 1791 birlikni (oʻsish – 79,1%) tashkil etdi.

Singapur kompaniyasi Oʻzbekistonda chiqindidan oʻgʻit ishlab chiqarmoqchi
Singapur kompaniyasi qattiq va aralash turdagi chiqindilarni qayta ishlab, ulardan oʻgʻit, qurilish materiallari ishlab chiqarish texnologiyalarni yaratadi.

Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo birgalikda mintaqaviy hamkorlik va integratsiyani qoʻllab-quvvatlaydi
18-23 fevral kunlari Yevropa Ittifoqi (YeI) poytaxtiga Oʻzbekiston Respublikasi hukumat delegatsiyasi ishchi tashrif bilan boʻlib turishibdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori O. Hakimov, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti loyiha rahbari O. Olimjonov hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti prorektori G. Ismailova qatnashishmoqda

Fransiyaning «ATR Aircraft» kompaniyasi samolyotlari Oʻzbekiston osmonida uchishi mumkin
Dunyoda samolyot ishlab chiqarishda yetakchi boʻlgan Fransiyaning «ATR Aircraft» kompaniyasi Oʻzbekistonga kamxarj samolyotlarni yetkazib berishi mumkin.

Oʻzbekiston Prezidenti turkiyalik ishbilarmonlar bilan aniq loyihalarni muhokama qildi
Turkiyada boʻlib turgan Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Anqarada Turkiyaning yetakchi kompaniya va bank rahbarlari bilan uchrashdi.

Oʻzbekiston YeOIIga aʼzo boʻlishining farmatsevtika tarmogʻiga taʼsiri
Oʻzbekiston YeOIIga aʼzo boʻlsa, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan import qilinadigan dori-darmon va farmatsevtika mahsulotlariga narxlarning pasayishi, sifatsiz dori-darmonlar ulushining kamayishi seziladi. Shu bilan birga uchinchi mamlakatlardan olib kirilayotgan dorilar narxlarining oshishi ham kuzatiladi.

Shavkat Mirziyoyev: Turkiyaning yetakchi kompaniyalari bilan qiymati bir milliard dollardan ortiq boʻlgan yangi loyihalar ishlab chiqilmoqda
Muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan Strategik hamkorlik kengashining birinchi yigʻilishi natijalari toʻgʻrisida qoʻshma bayonotni imzoladilar.

Abdulla Aripov yaqin va uzoq muddatga moʻljallangan harakatlar dasturi loyihasini taqdim etdi
Bosh vazir Abdulla Aripov Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq muddatga moʻljallangan harakatlar dasturi loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisida maʼlum qildi.

Arab kompaniyasi "Chorsu" mehmonxonasi 16,9 mlrd soʻmga sotib oldi
Uzoq vaqtdan buyon foydalanilmayotgan Toshkentdagi "Chorsu" mehmonxonasi nihoyat sotildi. 10 soatga yaqin davom etgan auksionda BAAda joylashgan Ittihad International Investment LLC kompaniyasi gʻolib boʻldi.
