| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat2 daqiqada oʻqiladi643 marta oʻqildi

Uzbekistan Airways yana bir nechta davlatlarga qatnovlarni bekor qildi

Aviakompaniya koronavirus tufayli yana bir qancha davlatlarga qatnovni bekor qildi. Reyslari bekor qilingan yoʻlovchilarga chiptani qaytarish qoʻshimcha toʻlovlarsiz va jarimalarsiz amalga oshiriladi.

Uzbekistan Airways yana bir nechta davlatlarga qatnovlarni bekor qildi

Uzbekistan Airways mart-aprel oylarida bekor qilingan reyslar roʻyxatini eʼlon qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qilgan.

Taʼkidlanishicha, aviaparvozlar jadvaliga kiritilayotgan oʻzgarishlar dunyoda tobora oʻzgarayotgan epidemiologik vaziyat hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasi reyslari amalga oshirilayotgan mamlakatlarda hukumat darajasida qoʻyilayotgan cheklovlar, aviaparvozlarga boʻlgan talabning keskin tushib ketishi bilan bogʻliq.

Uzbekistan Airways quyidagi shaharlarga aviaqatnovlar jadvaliga oʻzgartirishlar kiritmoqda:

  • - London — HY201/202 reyslari 2020 yil 14 mart sanasidan aprel oyiga qadar vaqtinchalik bekor qilingan;

  • - Parij — HY251/252 reyslari 2020 yil 14 mart sanasidan aprel oyiga qadar vaqtinchalik bekor qilingan;

  • - Amritsar — HY421/422, HY441/442, HY443/444 reyslari 2020 yil 18 mart sanasidan aprel oyiga qadar vaqtinchalik bekor qilingan;

  • - Dehli — HY425/426 reyslari 20 mart sanasidan aprel oyiga qadar faqat chorshanbadan payshanbaga oʻtar kechasi yoki yakshanbadan dushanbaga oʻtar kechasi amalga oshiriladi;

  • — HY421/422 i HY423/424 reyslari 20 martdan aprel oyiga qadar bekor qilingan;

  • - Mumbay — HY427/428 reyslari 20 mart sanasidan aprel oyiga qadar bekor qilingan;

  • Jakarta — HY541/542 reyslari 25 mart sanasidan aprel oyiga qadar bekor qilingan;

  • - Kuala-Lumpur — HY553/554 reyslari bekor qilingan; — HY551/552 reyslari 25 mart sanasidan bekor qilingan, — HY551/552 reyslari 1-20 aprel oraligʻida faqatgina chorshanba kunlari amalga oshiriladi;

    Oʻzbekiston yana ikkita davlatga aviaqatnovlarni bekor qildi

  • - Bangkok — HY531/532 reyslari 2020 yil mart oyida faqatgina 16, 19 va 26 mart kunlari amalga oshiriladi; — HY533/534 reysi 2020 yil mart oyida faqat 18, 21 va 28 mart kunlari amalga oshiriladi; — HY531/532 reyslari 2020 yil aprel oyida bekor qilingan; — HY533/534 reyslari 2020 yil aprel oyida faqatgina chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi;

  • - Tel-Aviv — HY303/304 reyslari 14 mart sanasidan to aprel oyiga qadar bekor qilingan; — HY301/302 reyslari 2020 yil mart oyida faqatgina 19 va 26 mart kunlari amalga oshiriladi; — HY301/302 reyslari 2020 yil aprel oyida bekor qilingan;

Latviya hukumatining 17 martdan boshlab mamlakat chegarasi boʻylab yer va havo yoʻlovchi tashishni taqiqlash toʻgʻrisidagi qaroriga muvofiq, 16 mart kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent-Riga-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha yakuniy qatnovni amalga oshiradi. 17 martdan boshlab aviakompaniyaning ushbu yoʻnalishdagi barcha qatnovlari bekor qilingan.

“Shu bois, sayohatlarni rejalashtirganda yoki Oʻzbekistonga qaytayotganda, reys amalga oshirilishi kunlarini hisobga olish lozim”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, yoʻlovchilardan koʻzlangan manzil boʻyicha oʻsha mamlakatda kiritilgan cheklovlar bilan ham yaxshilab tanishib chiqish tavsiya etilmoqda.

Yuqoridagi roʻyxat boʻyicha reyslari bekor qilingan yoʻlovchilarga chiptani qaytarish yoki boshqa sanaga qayta bron qilish qoʻshimcha toʻlovlarsiz va jarimalarsiz amalga oshiriladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ