| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi53 marta oʻqildi

Singapur kompaniyasi Oʻzbekistonda chiqindidan oʻgʻit ishlab chiqarmoqchi

Singapur kompaniyasi qattiq va aralash turdagi chiqindilarni qayta ishlab, ulardan oʻgʻit, qurilish materiallari ishlab chiqarish texnologiyalarni yaratadi.

Singapur kompaniyasi Oʻzbekistonda chiqindidan oʻgʻit ishlab chiqarmoqchi

Singapur kompaniyasi Toshkentda chiqindidan oʻgʻit ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishi mumkin. Bu haqida Toshkent shahar hokimligida Singapurning Alpha Global Capital Pte. kompaniyasi vakillari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda maʼlum aytib oʻtildi.

Singapur kompaniyasi bu yoʻnalishda yetarli tajribaga ega boʻlib, ular qattiq va aralash turdagi chiqindilarni qayta ishlash natijasida ekologik toza oʻgʻitlar ishlab chiqarish, qurilish materiallarini tayyorlash, shuningdek, suvni zararsizlantirish uchun qator texnologiyalarni ishlab chiqaradi.

Kompaniya taklif etayotgan texnologiyalar kichik hududlarga moʻljallangan boʻlib, transport xarajatini talab etmaydi, atrof-muhitga zararli moddalarni chiqarmaydi, shuningdek, energiya tejamkordir. Suvni zararsizlantirish boʻyicha takliflari esa, kanallarning sanitar holatini yaxshilash va obodonlashtirish uchun foydali, deyilgan xabarda.

Uchrashuvda “Maxsustrans IChB” va “Suvsoz” DUK rahbarlari, Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti direktori oʻrinbosari va boshqa masʼullar ishtirok etishdi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ