Ishbilarmonlik faolligi indeksi oʻtgan yilga nisbatan sezilarli darajada oʻsdi
Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2020 yil yanvar oyida 2019 yilning shu davriga nisbatan – 1791 birlikni (oʻsish – 79,1%) tashkil etdi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2020 yil yanvar oyida quyidagilarni tashkil etdi:
2019 yil dekabr oyiga nisbatan – 934 birlikni (pasayish – 6,6%);
2019 yilning shu davriga nisbatan – 1791 birlikni (oʻsish – 79,1%);
2015 yil yanvar oyiga nisbatan – 1558 birlikni (oʻsish – 55,8%).
2020 yil yanvar oyida mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyati jadalligida salbiy oʻzgarishlarning kuzatilishi mavsumiy xarakter kasb etib, 2018 yil yanvardan tashqari barcha yillarda oʻtgan oyga nisbatan pasaygan.

1-rasm. 2020 yilning yanvar oyida IFI oʻtgan oyga nisbatan 6,6 foizga pasaygan
Komponentlar darajasida turlicha oʻzgarishlar boʻlgan
2020 yilning yanvar oyida ishbilarmonlik faolligi indeksining oʻtgan oyga nisbatan 934 birlikni tashkil qilishi, 2019 yil dekabr oydagi IFIning keskin ravishda, yaʼni 1483 birlikka oshib ketganligi bilan izohlanib, quyidagi komponentlar darajasidagi oʻzgarishlarga bogʻliq boʻlgan:
hisobvaraqalar boʻyicha banklararo tranzaksiyalar soni 2019 yilning dekabr oyiga nisbatan 20,2 foizga kamaygan;
amaldagi xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning tadbirkorlik faoliyati boʻyicha komponent oʻtgan oyga nisbatan 1,6 foizga oshgan;
tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo aylanmasi jadalligi oʻtgan oyga nisbatan 1,5 foizga kamaygan;
savdo belgilari muhofazasi va mulk huquqidan foydalanish boʻyicha komponent oʻtgan oydagi koʻrsatkichga nisbatan 25,0 foizga oshgan.
Hududlar kesimida Xorazm viloyati yetakchilikka erishgan
Hududlar kesimida IFI 2020 yil yanvar oyida bazis oyga (2019 yil yanvar) nisbatan Xorazm viloyati (42,9%), Navoiy viloyati (22,6%), Sirdaryo viloyati (10,4%) va Toshkent shahrida (15,8%) sezilarli darajada oʻsish kuzatilgan. Shu bilan birga Andijon viloyati (12,6%), Qoraqalpogʻiston Respublikasi (12,1%) va Jizzax viloyatida (7,1%) bazis oyga nisbatan IFI darajasi pasaygan (2-rasm).

2-rasm. 2020 yil yanvar oyida hududlar kesimida ishbilarmonlik faolligi indeksi
BANK HISOB VARAQALARI BOʻYICHA OPERATSIYALAR
2020 yilning yanvar oyida banklararo amalga oshirilgan toʻlov hujjatlari soni 5216,5 mingtani tashkil etib, 2019 yilning dekabr oyiga nisbatan 1319 mingta bitimga (20,2 foizga) kamaygan. Shuningdek, 2019 yilning yanvar oyiga nisbatan 5,0 foizga hamda bazis davrga, yaʼni 2015 yilning yanvar oyiga nisbatan 19,9 foizga oshgani kuzatilmoqda.
Bank operasiyalari soni Jizzax va Namangan viloyatlarida keskin kamaygan
2020 yilning yanvar oyida yuridik shaxslar oʻrtasidagi bank operatsiyalari soni barcha viloyatlarda kamaygan. Keskin kamayish Jizzax va Namangan (26,4%), Samarqand (25,8%) viloyatlarida kuzatilgan.
TOVAR-XOM ASHYO BIRJASIDAGI FAOLLIK
2020 yilning yanvar oyida indeksning birja komponenti 0,985 birlikni tashkil etdi va oʻtgan oyga nisbatan 1,5 foizga pasayishi kuzatildi. Birja faoliyatidagi pasayish, oʻtgan oyda har bir bitim boʻyicha sotib olingan tovarlar oʻrtacha jismoniy hajmining 3,45 baravarga keskin oshganligi bilan izohlanadi.
Tovar-xom ashyo birjasida imzolangan bitimlar soni koʻpaygan
2020 yilning yanvar oyi yakuni boʻyicha respublika tovar-xom ashyo birjasida 46933 ta bitim imzolangan boʻlib, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning yanvar oyiga nisbatan (33545 ta) 39,9 foizga oshgan. IFIning bazis davri boʻlgan 2015 yil yanvar oyi darajasiga nisbatan birjaviy komponent 2,4 baravarga oshganigini kuzatish mumkin.
Birjada tovarlar savdosi hajmining umumiy aylanmasi 2020 yil yanvar oyida 2895,8 mlrd. soʻmni tashkil etib, ushbu koʻrsatkich oʻtgan oyga nisbatan 1,7 foizga oshgan.
XOʻJALIK YURITUVCHI SUBʼEKTLARNING FAOLLIGI
IFIning faoliyat yurituvchi xoʻjalik subʼyektlar boʻyicha komponenti 2020 yil yanvar 1,0159 birlikni tashkil etdi.
2020 yil yanvar oyida faoliyat yuritayotgan xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar soni 2019 yil dekabr oyiga nisbatan 8722 taga koʻp boʻlib, 438356 ta (2019 yilning dekabr oyida 429634 ta) ni tashkil etdi.
Yirik tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchilar soni 9 taga ortgan
Oʻrganilayotgan davrda kichik korxonalar soni 334767 tadan 341890 tagacha ortganligini kuzatish mumkin (7123 taga oshgan). Fermer xoʻjaliklari soni 92554 tadan 94144 tagacha (1590 taga) oshgan. Yirik tadbirkorlik bilan shugʻullanadigan subʼyektlar soni 2322 tani tashkil etib, 2019 yil dekabr oyiga nisbatan 9 taga oshgan.
BRENDLARNI ROʻYXATGA OLISH
2020 yil yanvar oyida savdo belgilari muhofazasi boʻyicha biznes faolligi indeksi 1,250 birlikni tashkil etib, ushbu koʻrsatkich oʻtgan oyga nisbatan 25,0 foizga oshgan. Joriy yilning yanvar oyida yuridik shaxslar tomonidan 105 ta tovar belgilari va tovar nomlari roʻyxatga olingan.
ISHBILARMONLIK FAOLLIGI INDEKSINING MAKROIQTISODIY KOʻRSATKICHLARGA TAʼSIRI TAHLILI
Oxirgi yillarda mamlakatimizdagi oʻzgarishlar pirovardida makroiqtisodiy koʻrsatkichlarda oʻz aksini topgan boʻlsa, amalga oshirilayotgan islohotlar bevosita tadbirkorlik subʼyektlarining faolligida namoyon boʻladi.
Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar hamda IFI oʻrtasidagi bogʻliqlikni tahlil qilish natijalari shuni koʻrsatmoqdaki, IFI koʻrsatkichi ayrim makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, jumladan yalpi ichki mahsulot (YAIM), eksport, import va sof soliq kabi koʻrsatkichlar oʻrtasida ijobiy bogʻliqlik mavjud.
IFIning bashorat qilish qobiliyati uning makroiqtisodiy koʻrsatkichlar bilan bogʻliqlik darajasida yaʼni korrelyatsiya koeffitsiyentida aks etadi. Xususan IFIning YAIM oʻrtasidagi korrelyatsiya koeffitsiyenti – 0,13 ni, eksport – 0,21, import – 0,31 va mahsulotlarga sof soliqlar – 0,32 ni tashkil etdi.
Hududlarda IFI komponentlarining oʻtgan oyga nisbatan oʻzgarishi
Hududlar | IFI | Banklararo tranzaksiyalar boʻyicha komponent | Tovar-xom ashyo birjasi boʻyicha komponent | Xoʻjalik subʼyektlar boʻyicha komponent | Savdo belgilari muhofazasi boʻyicha komponent |
Buxoro viloyati | ↑1316 | ↓0.8391 | ↑2.0000 | ↑1.0090 | ↓0.0000 |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi | ↑1307 | ↓0.8083 | ↑2.0000 | ↑1.0191 | ↓0.0000 |
Fargʻona viloyati | ↑1094 | ↓0.8499 | ↑1.2119 | ↑1.0091 | ↑3.0000 |
Sirdaryo viloyati | ↑1016 | ↓0.8176 | ↑1.2596 | ↑1.0264 | ↓0.0000 |
Samarqand viloyati | ↓998 | ↓0.7422 | ↑1.0609 | ↑1.0181 | ↑3.0000 |
Xorazm viloyati | ↓984 | ↓0.8220 | ↑1.1021 | ↑1.0235 | ↑1.0000 |
Jizzax viloyati | ↓974 | ↓0.7356 | ↑1.2348 | ↑1.0140 | ↓0.0000 |
Toshkent viloyati | ↓960 | ↓0.8057 | ↓0.9563 | ↑1.0152 | ↑2.4000 |
Navoiy viloyati | ↓956 | ↓0.8005 | ↑1.1293 | ↑1.0181 | ↓0.0000 |
Andijon viloyati | ↓952 | ↓0.7924 | ↑1.1039 | ↑1.0158 | ↓0.3333 |
Qashqadaryo viloyati | ↓942 | ↓0.7929 | ↑1.0999 | ↑1.0221 | ↓0.0000 |
Toshkent shahri | ↓928 | ↓0.8027 | ↓0.9744 | ↑1.0124 | ↑1.1370 |
Namangan viloyati | ↓843 | ↓0.7355 | ↓0.8341 | ↑1.0094 | ↑1.0000 |
Surxondaryo viloyati | ↓828 | ↓0.7953 | ↓0.7408 | ↑1.0163 | ↑1.0000 |
Hududlarda IFI komponentlarining bazis davrga nisbatan oʻzgarishi
Hududlar | IFI | Banklararo tranzaksiyalar boʻyicha komponent | Tovar-xom ashyo birjasi boʻyicha komponent | Xoʻjalik subʼyektlar boʻyicha komponent | Savdo belgilari muhofazasi boʻyicha komponent |
Xorazm viloyati | ↑1429 | ↑1.0054 | ↑2.0000 | ↑1.1211 | ↑1.0000 |
Navoiy viloyati | ↑1226 | ↑1.1348 | ↑1.3743 | ↑1.2667 | ↓0.0000 |
Toshkent shahri | ↑1158 | ↑1.1278 | ↑1.2959 | ↓0.9830 | ↓0.9432 |
Sirdaryo viloyati | ↑1104 | ↑1.0262 | ↑1.2377 | ↑1.1374 | ↓0.0000 |
Samarqand viloyati | ↑1083 | ↑1.1173 | ↓0.8916 | ↑1.1169 | ↑3.0000 |
Fargʻona viloyati | ↑1055 | ↑1.0294 | ↑1.0008 | ↑1.1336 | ↑1.5000 |
Toshkent viloyati | ↑1051 | ↓0.9075 | ↑1.1965 | ↑1.0672 | ↓0.6667 |
Buxoro viloyati | ↑1002 | ↑1.0280 | ↓0.9813 | ↑1.1347 | ↓0.0000 |
Namangan viloyati | ↓992 | ↑1.0304 | ↓0.9692 | ↑1.0867 | ↓0.1667 |
Qashqadaryo viloyati | ↓985 | ↓0.9879 | ↑1.0202 | ↑1.0484 | ↓0.0000 |
Surxondaryo viloyati | ↓958 | ↓0.9900 | ↓0.8040 | ↑1.1832 | ↑1.0000 |
Jizzax viloyati | ↓929 | ↓0.9060 | ↓0.9226 | ↑1.1029 | ↓0.0000 |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi | ↓879 | ↑1.0387 | ↓0.6869 | ↑1.0939 | ↑0.0000 |
Andijon viloyati | ↓874 | ↓0.9585 | ↓0.7291 | ↓0.9873 | ↑1.0000 |
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Bosh ilmiy xodimi Abdullayev Ruslan
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston ikkilamchi avtomobil bozoridagi holat: avtomobil narxiga nima taʼsir qiladi?

Oʻzbekistonda asosiy oziq-ovqatlar narxida qanday oʻzgarish boʻldi?

Oʻtgan haftada oziq-ovqat mahsulotlari narxlarida sezilarli oʻzgarish kuzatilmadi

