| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Tahlil2 daqiqada oʻqiladi63 marta oʻqildi

Oʻtgan hafta bilan taqqoslaganda parranda goʻshti, baliq, guruch va tuxum narxlari pasaydi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2020 yil 3 noyabr holatiga koʻra aholining isteʼmol savatchasidagi oziq-ovqat narxlari indeksini ishlab chiqildi.

Oʻtgan hafta bilan taqqoslaganda parranda goʻshti, baliq, guruch va  tuxum narxlari pasaydi

Indeks goʻsht va sut mahsulotlari (mol goʻshti, qoʻy goʻshti, parranda goʻshti, sut, tuxum), sabzavotlar (piyoz, karam, pomidor, sabzi, bodring, kartoshka), mevalar (olma, nok), poliz mahsulotlari (tarvuz, qovun, qovoq, uzum), dukkakli ekinlar (noʻxat, loviya, mosh), guruch, un, makaron, sabzavot, sariyogʻ va shakar kabi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini hisobga olgan holda hisoblandi.

Yagona indeksni tuzishda, mamlakat aholisining isteʼmol odatlarini tavsiflovchi ogʻirliklar qoʻllanildi (yaʼni, aholi oʻrtasida ushbu mahsulot qancha koʻp isteʼmol qilinsa, uning ogʻirligi shuncha yuqori boʻladi).

Natijada quyidagilar aniqlandi:

2020 yil 3 noyabr holatiga respublikada oziq-ovqat narxlari oʻtgan haftaga nisbatan oʻsish surʼati +1,16% ni tashkil qildi (1-rasm).

1-rasm. Isteʼmol savatidagi oziq-ovqat mahsulotlar narxlarining oʻsish surʼati dinamikasi (%)

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi (DSQ) tezkor maʼlumotlari asosida muallif hisob-kitoblari

Oʻtgan hafta bilan taqqoslaganda parranda goʻshti, baliq, guruch, tuxum, sabzi, karam, piyoz va m osh kabi mahsulotlarning oʻrtacha narxi tushib ketdi.

Maʼlumot uchun: parranda goʻshti (-0,2%) va baliq (-0,9%) ning oʻrtacha narxi mos ravishda 20 578 soʻm va 20 308 soʻmni tashkil etdi. Tuxumning oʻrtacha narxi (oʻn dona) 10747 soʻmni tashkil etdi yoki -1,8%ga pasaydi. Piyoz (-0,4%), karam (-0,4%), sabzi (-3,0%) kabi sabzavotlar ham oʻtgan haftaga nisbatan arzonlashdi. Mosh narxi (-0,1%) 1 kilogramm uchun 11452 soʻmni tashkil etgan boʻlsa, guruch narxi (-0,5%) 10 035 soʻmni tashkil etdi (1-jadval).

Ushbu haftada pomidor va bodring kabi mahsulotlar narxlarida sezilarli oʻsish kuzatildi.

Maʼlumot uchun: oʻtgan haftaga nisbatan sezilarli darajada oʻsishi pomidor (+ 16,3%) va bodring (+22,4%) kabi mahsulotlarning narxlarida kuzatildi va ularning respublikada 1 kg uchun oʻrtacha narxi mos ravishda 6155 soʻm va 7325 soʻmni tashkil etdi. Uzumning oʻrtacha narxi (+ 4,4%) 1 kilogramm uchun 10639 soʻmni tashkil etdi. Olma (+ 1,5%) va nok (+ 2,3%) kabi mevalarning oʻrtacha narxi mos ravishda 8670 soʻm va 14142 soʻmni tashkil etdi. Mol goʻshti (+ 0,1%), oʻsimlik yogʻi (+ 0,1%) va sutning (+ 0,1%) oʻrtacha narxi oʻtgan haftaga nisbatan bir oz koʻtarildi. Shunday qilib, respublikada mol goʻshtining oʻrtacha narxi 3 noyabr holatiga 1 kilogramm uchun 56026 soʻmni tashkil etdi. Oʻsimlik yogʻi va sutning oʻrtacha narxi 1 litr uchun 13395 soʻm va 5474 soʻmni tashkil etdi (1-jadval).

1-jadval. 3 noyabr holatiga Oʻzbekiston Respublikasida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining oʻtgan haftaga nisbatan oʻsishi yoki pasayishi, (%)

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi (DSQ) tezkor maʼlumotlari asosida muallif hisob-kitoblari

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ