Oʻtgan haftada oziq-ovqat mahsulotlari narxlarida sezilarli oʻzgarish kuzatilmadi
Oʻtgan hafta bilan taqqoslaganda tuxum, sabzi, loviya, mosh, qovoq va qovun kabi maxsulotlarning oʻrtacha narxi tushib ketdi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2020 yil 10 noyabr holatiga koʻra aholining isteʼmol savatchasidagi oziq-ovqat narxlari indeksi ishlab chiqildi.
Maʼlumot uchun: indeks goʻsht va sut mahsulotlari (mol goʻshti, qoʻy goʻshti, parranda goʻshti, sut, tuxum), sabzavotlar (piyoz, karam, pomidor, sabzi, bodring, kartoshka), mevalar (olma, nok), poliz mahsulotlari (tarvuz, qovun, qovoq, uzum), dukkakli ekinlar (noʻxat, loviya, mosh), guruch, un, makaron, sabzavot, sariyogʻ va shakar kabi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini hisobga olgan holda hisoblandi.
Yagona indeksni tuzishda, mamlakat aholisining isteʼmol odatlarini tavsiflovchi ogʻirliklar qoʻllanildi (yaʼni, aholi oʻrtasida ushbu mahsulot qancha koʻp isteʼmol qilinsa, uning ogʻirligi shuncha yuqori boʻladi).
Natijada quyidagilar aniqlandi:
2020 yil 10 noyabr holatiga respublikada oziq-ovqat narxlari oʻtgan haftaga nisbatan oʻsish surʼati +1,02% ni tashkil qildi (1-rasm).
1-rasm. Isteʼmol savatidagi oziq-ovqat mahsulotlar narxlarining oʻsish surʼati dinamikasi (%)

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qomitasi (DSQ) tezkor maʼlumotlari asosida muallif hisob-kitoblari
Oʻtgan hafta bilan taqqoslaganda tuxum, sabzi, loviya, mosh, qovoq va qovun kabi maxsulotlarning oʻrtacha narxi tushib ketdi.
Maʼlumot uchun: sabzi narxi oʻtgan haftaga nisbatan -4.4% tushib ketdi va 1 kilogram uchun 2065 soʻmni tashkil etdi. Tuxum narxi (10 dona) -2.2% ga tushib, 10512 soʻmni tashkil qildi. Qovoq (-0.6%) va qovunning (-0.4%) narxi mos ravishda 2076 soʻm va 2510 soʻmni tashkil etdi. Loviya va mosh narxlari pasayishi -0.3% ga teng boʻldi va respublikada oʻrtacha narxlari mos ravishda 12891 soʻm va 11422 soʻmni tashkil qildi.
Bir hafta ichida goʻsht, un, oʻsimlik yogʻi kabi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarida sezilarli oʻzgarish kuzatilmadi.
Maʼlumot uchun: mol goʻshti narxi (+0.8%) respublika boʻyicha oʻrtacha 56464 soʻmni tashkil etdi. Oʻsimlik yogʻi (+0.8%) 1 litr uchun 13503 soʻmga teng boʻldi. Pomidor (+13.3%) va bodring (+38.0% ) narxlari oʻtgan hafta bilan taqqoslaganda qimmatlashdi va 1 kilogramm uchun mos ravishda 6976 soʻm va 10108 soʻmni tashkil etdi. Sut, bugʻdoy uni, kartoshka, shakar va guruch narxlarida sezilarli oʻzgarish sezilmadi.
1-jadval. 10 noyabr holatiga Oʻzbekiston Respublikasida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining oʻtgan haftaga nisbatan oʻsishi yoki pasayishi, (%)

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qomitasi (DSQ) tezkor maʼlumotlari asosida muallif hisob-kitoblari
Malika Jumaniyozova
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekistonda davlat organlari va hududlar uchun korrupsiya hamda yashirin iqtisodiyot reytingi ishga tushiriladi

UZ V Uzbekistane zapuskayetsya reyting korrupsii i tenevoy ekonomiki dlya gosorganov i regionov

Infografika: Oʻzbekistonning 2020 yil yanvar-sentyabr oylarida MDH davlatlari bilan savdo aloqasi

