Tahlil
452 ta material

BAA Oʻzbekistonda quyosh elektr stansiyasi quradigan boʻldi
Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Masdar kompaniyasi (BAA) oʻrtasida investitsiya bitimini imzolanishi boʻlib oʻtdi.

Davlat byudjeti ijrosini taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar aniqlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 noyabr kuni joriy yilda davlat byudjetiga tushumlar prognozi ijrosini taʼminlash, tadbirkorlik va kichik biznesni joylarda yanada rivojlantirish uchun qoʻshimcha imkoniyatlarni aniqlash va ishga solish boʻyicha koʻrilayotgan choralar samaradorligi hamda bu boradagi dolzarb vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazdi.

Toshkent metallurgiya zavodi 2020 yilning may oyida ishga tushadi
Toshkent viloyati Zangiota tumanida jadallik bilan barpo etilayotgan Oʻzbekistonning eng zamonaviy sanoat korxonalaridan biri boʻlgan Toshkent metallurgiya zavodining rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar yuzaga kelmoqda.

Kimning biznes tashabbusi davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi hisobidan loyihalari boʻyicha moliyaviy yordam koʻrsatiladigan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami toifalarining roʻyxati tasdiqlandi (roʻyxat raqami 3192, 4.11.2019 yil).

InnoWeek-2019. Xalqaro innovatsion-investitsion forumida 108,7 mln. dollarga teng anglashuv memorandumlari va investitsiya shartnomalari imzolandi
Haftalik doirasidagi yirik tadbir — “Xalqaro innovatsion-investitsion forum”da xorijiy diplomatik vakolatxonalar rahbarlari, mahalliy va xorijiy tadbirkorlar, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari, OAV vakillari ishtirok etdilar.

“Oʻzikkilamchiranglimetall” Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari bozoriga chiqmoqchi
Yaqin vaqtda “Oʻzikkilamchiranglimetall” oʻz mahsuloti bilan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari bozoriga chiqmoqchi. Bu esa yer shari aholisining qariyb yarmini tashkil etadi.

GMning Tailanddagi zavodi Oʻzbekistonga Chevrolet Trailblazer avtomobillarini yubordi
GM Thailand kompaniyasi Oʻzbekistonga Chevrolet Trailblaze avtomobillarini birinchi partiyasini yubordi. Ushbu “yoʻltanlamas”lar yaqin oylarda sotuvga chiqarilishi rejalashtirilmoqda.

Istanbul-Buxoro yoʻnalishidagi ilk charter reys muvaffaqiyatli amalga oshirildi
Oʻzbekiston Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi turizm sohasini jadal rivojlantirishga doir 5781-sonli farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda “Uzbekistan Airports” AJ tomonidan xorijiy aviakompaniyalar bilan bir qator koʻlamli ishlar olib borilmoqda.

YeTTB Oʻzbekistondagi ikkinchi idorasini ochdi
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Andijonda Oʻzbekistondagi ikkinchi idorasini ochdi. U asosan kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlaydi.

Soliq xizmati organlarida yagona axborot platformasini joriy etish orqali soliq yigʻuvchanligi oshiriladi
Davlat soliq qoʻmitasida Xitoy Xalq Respublikasining soliq sohasiga ilgʻor dasturiy taʼminotlarni ishlab chiquvchi “Huawei” va “CEIEC” kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Xorijiy kompaniyalarning vakillari bilan geologiya-qidiruv va uglevodorodlarni qazib olishni koʻpaytirish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 28 oktyabr kuni "Oʻzbekneftgaz" AJ rahbariyati Birlashgan Arab Amirligining "Mubadala Petroleum", Fransiyaning "Total E&P Activites Petrolieres" va Rossiyaning "NOVATEK" kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi. Ushbu uchrashuvdan koʻzlangan maqsad joriy yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida imzolangan ikki tomonlama hujjatlarni amalga oshirish boʻyicha tasdiqlangan "Yoʻl xaritasi"da nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.

“Doing Business 2019” dan “Doing Business 2020” gacha
Jahon bankining "Biznesni yuritish-2020" (Doing Business 2020) guruhi 190 davlat oʻrtasida oʻtkazgan yillik reytingida Oʻzbekiston 2019 yil yakuni boʻyicha 69,9 ball toʻplab, 69-oʻrinni egalladi. Oʻtgan yilgi reytingga nisbatan mamlakatimiz 7 pozitsiya yuqoriga koʻtarilgan. Shu nuqtai nazardan qaraganda oʻtgan yilgi va hozirgi vaqtdagi baholashlarda qanday omillar ustivor boʻlganligi kishida maʼlum bir qiziqish uygʻotmoqda.

Istanbuldan Buxoro va Samarqand shaharlariga charter reyslar yoʻlga qoʻyiladi
Oʻzbekiston Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi turizm sohasini jadal rivojlantirish toʻgʻrisidagi 5781-sonli farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda «Uzbekistan Airports» AJ tomonidan xorijiy aviakompaniyalarni jalb qilishga doir faol ish olib borilmoqda.

Ommabop reytingning nozik jihatlari
Jahon banki va "Doing Business" xalqaro moliya korporatsiyasining yillik hisoboti har doim reytingda ishtirok etuvchi barcha mamlakatlarning iqtisodiy sohasi va axborot makonida muhim voqealik hisoblanadi. Reytingga boʻlgan bunday eʼtibor mamlakatdagi biznes uchun shart-sharoitlarni yaxshilash va dunyoning boshqa davlatlari bilan batafsil taqqoslashda hukumatlarning faoliyatini obektiv baholash imkonini beradi.

Aholini uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha yangi tizim joriy etiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 oktyabr kuni aholini uy-joy bilan taʼminlash va ipoteka bozorini rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.

Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida bir nechta biznes vizalar joriy etildi
Tomonlar 5 ish kunida 6 oygacha boʻlgan muddatga bir nechta biznes vizalarini berishga kelishib oldilar.

«Oʻzbekkoʻmir» Rossiya kompaniyasiga ishonchli boshqaruvga berilmaydigan boʻldi
«Oʻzbekkoʻmir»ning 45 foiz ulushi Rossiya kompaniyasiga ishonchli boshqaruvga berilmaydigan boʻldi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 24 oktyabr kuni bu haqdagi tegishli qarorni imzoladi.

Oʻzbekiston «Biznes yuritish 2020» reytingida koʻtarildi
Jahon bankining «Biznes yuritish 2020» yillik hisobotida Oʻzbekiston 7 pogʻona yuqoriga koʻtarilib, ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda eng yuqori koʻrsatkichga erishgan 20 mamlakat qatoriga kirdi.

Toshkent viloyatida tashkil etilgan xalqaro investitsion forumda qiymati 1 milliard dollardan ortiq boʻlgan kelishuvlarga erishildi
Toshkent viloyatida 40 dan ortiq davlatdan 350 nafarga yaqin xorijlik biznes sohasi vakillari, investorlar ishtirok etayotgan “Invest in Tashkent Region” xalqaro investitsion forumining birinchi kunida qiymati 1 milliard dollardan ortiq boʻlgan kelishuvlarga erishildi.

Yangi qonun moliyaviy sektor rivojiga qanday taʼsir koʻrsatadi?
MB yaqinda qabul qilingan kreditorlarni huquqiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish hamda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qonunni sharhladi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi soliq kreditlari joriy etilishini taklif etdi
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida akademiya professor oʻqituvchilari, Davlat soliq qoʻmitasi va Innovatsion rivojlanish vazirligi xodimlari ishtirokida yangi tahrirdagi soliq kodeksi muhokamasi boʻlib oʻtdi.

Yaponiya kompaniyalari Oʻzbekiston gaz transporti tizimini modernizatsiya qilish niyatida
«Oʻztransgaz» aksiyadorlik jamiyatida Yaponiyaning «Itochu corporation» va «Marubeni corporation» kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi taʼsis etildi
“Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining faoliyatni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Hukumat qarori (868-son, 14.10.2019 y.) qabul qilindi.

Biz haqimizda
Biz haqimizda

Investitsiya jarayenlarini jadallashtirishning ikki jihati
Jahon tajribasi shuni koʻrsatadiki, investitsiya kapitalini shakllantirish tizimi mulkchilik shakli va moliyalashtirish manbalariga mos holda takomillashib borishi kerak.
