Xorijiy kompaniyalarning vakillari bilan geologiya-qidiruv va uglevodorodlarni qazib olishni koʻpaytirish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 28 oktyabr kuni "Oʻzbekneftgaz" AJ rahbariyati Birlashgan Arab Amirligining "Mubadala Petroleum", Fransiyaning "Total E&P Activites Petrolieres" va Rossiyaning "NOVATEK" kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi. Ushbu uchrashuvdan koʻzlangan maqsad joriy yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida imzolangan ikki tomonlama hujjatlarni amalga oshirish boʻyicha tasdiqlangan "Yoʻl xaritasi"da nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.

Uchrashuv doirasida istiqbolli investitsiya bloklari va konlarda, geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va uglevodorodlarni qazib olishni koʻpaytirish uchun ilgari taqdim etilgan geologik maʼlumotlar muhokama qilindi.
"Oʻzbekneftgaz" AJ geologiya-qidiruv ishlarini olib borish doirasida normativ-huquqiy hujjatlar, xususan xorijiy investorlarga beriladigan imtiyozlar va preferensiyalar boʻyicha batafsil maʼlumotlarni taqdim etdi. Shuningdek, yuqorida qayd etilgan loyihani amalga oshirish uchun kompaniyalar oʻrtasidagi amalga oshirish mumkin boʻlgan hamkorlikning shakllari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar 2019 yil noyabr oyining ikkinchi yarmida "Mubadala Petroleum" kompaniyasining taklifi bilan Abu-Dabida "Total E&P Activites Petrolieres", "NOVATEK" AJ va "Oʻzbekneftgaz" AJ vakillari ishtirokida barcha materiallarni oʻrganish natijalari boʻyicha taqdimot oʻtkaziladi va qoʻshma hamkorlikning keyingi bosqichlari aniqlanadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda