| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi2 099 marta oʻqildi

Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi taʼsis etildi

“Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining faoliyatni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Hukumat qarori (868-son, 14.10.2019 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, boshlangʻich ustav kapitali miqdori 25,0 mlrd soʻm boʻlgan AJ shaklidagi qayta moliyalashtirish kredit tashkiloti – Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi taʼsis etildi.

Moliya vazirligi kompaniya ustav kapitalida davlat nomidan aksiyador sifatida ishtirok etadi.

Kompaniyaning asosiy vazifalaridan biri aholining arzon uy-joylarga ortib borayotgan ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun tijorat banklariga moliyaviy resurslar taqdim etishdan iborat.

Qarorga koʻra, kompaniya emissiya qimmatli qogʻozlarni chiqarishni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va qimmatli qogʻozlarni chiqarish bilan bogʻliq hujjatlarni koʻrib chiqish uchun yigʻimlar toʻlashdan ozod etildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ