| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi1 854 marta oʻqildi

YeTTB Oʻzbekistondagi ikkinchi idorasini ochdi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Andijonda Oʻzbekistondagi ikkinchi idorasini ochdi. U asosan kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlaydi.

YeTTB Oʻzbekistondagi ikkinchi idorasini ochdi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Andijonda Oʻzbekistondagi ikkinchi idorasini ochdi. U asosan kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlaydi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Oʻzbekistondagi ikkinchi idorasini Andijonda ochdi, deya xabar qilindi bank saytida.

«Hudud salohiyati yuqori ekanini tan olgan holda Fargʻona vodiysida YeTTB idorasi ochilmoqda. Andijon idorasi asosan ekspertlar maslahatlari, oʻqitish va turli moliyaviy vositalar yordamida kichik va oʻrta biznes korxonalarini qoʻllab-quvvatlaydi», — deyiladi xabarda.

YeTTB 2017 yilda Toshkentda vakolatxonasini ochgan holda oʻn yillik tanaffusdan keyin Oʻzbekistondagi faoliyatini qayta tiklagan edi. Bugungi kunda bank Oʻzbekiston iqtisodiyot sektorlarida 70 ta loyihaga 1,3 mlrd dollar investitsiya kiritdi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ