Oʻzbekiston Prezidenti turkiyalik ishbilarmonlar bilan aniq loyihalarni muhokama qildi
Turkiyada boʻlib turgan Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Anqarada Turkiyaning yetakchi kompaniya va bank rahbarlari bilan uchrashdi.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 fevral kuni Anqara shahrida Turkiyaning yetakchi kompaniyalari va banklari rahbarlari bilan uchrashdi. Tadbirda Turkiya savdo palatalari va birjalari uyushmasi, Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA), «Gebze» uyushgan sanoat zonasi, «Ziraat» banki, «Zorlu xolding», «Joshkunoz xolding», «Ekzachibashi», «Baykar», «Dunyagoz», «Kanimed saglik», «Bau global», «Xavelsan» kabi qator kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.

– Oʻzbekiston kechagi Oʻzbekiston emas. Bugun mamlakatimizga kirgan kompaniya albatta manfaat topadi. Men bunga kafolat beraman. Buning uchun zarur huquqiy, institutsional sharoitlar yaratib beriladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Uchrashuvda, kelishuvlar va imzolangan bitimlarni keng koʻlamda amalga oshirish, savdo, innovatsiya, energetika, infratuzilmani rivojlantirish, transport, turizm, toʻqimachilik va oziq-ovqat sanoati, boshqa tarmoqlarda qoʻshma loyihalarni faol ilgari surish muhimligi taʼkidlandi.

Bugungi uchrashuvda Oʻzbekiston bilan Turkiyaning vazirlik va kompaniyalari oʻrtasida aloqalarni yanada rivojlantirish, oʻzaro mahsulot yetkazib berish va xizmat koʻrsatishni kengaytirish, klinikalar va oliy oʻquv yurtlari tashkil etish boʻyicha aniq loyihalar muhokama qilindi. Shavkat Mirziyoyev bu rejalarni maʼqullab, mutasaddilarga tez fursatlarda amaliy ishlarga oʻtish, byurokratik toʻsiqlarsiz ularni hayotga tatbiq etish boʻyicha topshiriqlar berdi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

