Abdulla Aripov yaqin va uzoq muddatga moʻljallangan harakatlar dasturi loyihasini taqdim etdi
Bosh vazir Abdulla Aripov Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq muddatga moʻljallangan harakatlar dasturi loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisida maʼlum qildi.

21 yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisida Bosh vaziri Abdulla Aripov Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq muddatga moʻljallangan harakatlar dasturi loyihasini taqdim etdi.
Hududlar rivojlantiriladi
Abdulla Aripov Prezident tomonidan belgilab berilgan Oʻzbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqib, yaqin kunlarda tasdiqlash uchun taqdim etilishini maʼlum qildi. U ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda islohotlarni amalga oshirish, muhandislik kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, hududlarni mutanosib rivojlantirishni qamrab oladi.
Keyingi 5 yilda yalpi ichki mahsulot 6 foizga oʻsadi
Makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiyotni yanada isloh etish, milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish hamda raqobatbardoshligini oshirish choralari koʻriladi. Bunda, yalpi ichki mahsulotning oʻsishi 2020 yilda 5,5 foizdan kam boʻlmasligi va keyingi 5 yilda esa uning oʻsish surʼatlari oʻrtacha 6 foiz atrofida boʻlishi kutilmoqda.
2025 yilda xizmatlar koʻrsatish oshadi
Hukumat 2025 yilga borib sanoatning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 30 foizdan 33 foizgacha, xizmatlar koʻrsatishni esa 35 foizdan 37 foizgacha oshirish choralarini koʻradi.
Iqtisodiyotni rivojlantirish uchun strategiyalar ishlab chiqiladi
Abdulla Aripov Senat qoʻshma majlisida “Iqtisodiyotni boshqarishda bozor mexanizmlarini keng joriy etish va iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha strategiyalar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi”, dedi.
2021–2022 yillarda qurilish materiallari ishlab chiqarish diversifikatsiya qilinadi
Xususan, birja savdolarida yuqori likvidli va monopol mahsulotlarni sotishning yagona tartibini joriy etish rejalashtirilgan. 2021–2022 yillarda savdo korxonalari va logistika markazlarini rivojlantirish strategiyasi va qurilish materiallari ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
Yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini rivojlantirish davom etadi
Shuningdek, sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini jadal rivojlantirish, energiya tejamkor texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish davom ettiriladi.
Mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish dasturi ishlab chiqiladi
Buning uchun 2020 – 2025 yillarga moʻljallangan sanoatni rivojlantirish konsepsiyasi, 2020–2021 yillarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamda Mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash dasturlari ishlab chiqiladi.
2030 yilga borib Elektrotexnika sanoatida ishlab chiqarish hajmini 5 barobarga oshirish koʻzda tutilyapti
“Bundan tashqari, yaqin yillarda import oʻrnini bosuvchi va mahalliy ishlab chiqarishni qoʻllab quvvatlovchi soha – elektrotexnika sanoatiga iqtisodiy oʻsishning “drayveri” sifatida qaraymiz”, dedi Bosh vazir.
Joriy yilda 2020 – 2030 yillarda Elektrotexnika sanoatini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqiladi.
2030 yilga borib ushbu sohada ishlab chiqarish hajmi 5 barobarga (4 mlrd. doll.), eksport hajmi 6 barobarga (1,5 mlrd.doll.), mazkur sohada ishlovchilar soni 3 barobarga (50 mingdan ortiq) koʻpayishi, mamlakat aholisining elektrotexnika va maishiy texnika mahsulotlariga boʻlgan talabini 80-90 foizga mahalliy mahsulotlar bilan taʼminlash hisob-kitob qilinmoqda.
7,6 milliard dollarlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi
2025 yilga kelib yoqilgʻi-enegetika sohasida umumiy qiymati 7,6 milliard dollarga teng investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Shu maqsadda elektr energiyasi ishlab chiqarishni 1,4 barobarga, tabiiy gaz qazib chiqarishni 1,2 barobarga, neft mahsulotlari ishlab chiqarishni 2,1 barobarga oshirish kutilmoqda. Shuningdek, tabiiy gazni mamlakatimizda qayta ishlab, qoʻshimcha qiymatli va bozorbop mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlari kengaytirilishi rejalashtirilmoqda.
Joriy yildan davlat korxonalariga egalik qilish Strategiyasi ishlab chiqiladi
Energiya sarfini kamaytirish va noreal toʻlovlarni oldini olish uchun 2020 yil oxiriga qadar isteʼmolchilarga elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish boʻyicha elektron hisoblagichlarni toʻliq oʻrnatiladi.
Kimyo sanoatini rivojlantirish dasturi doirasida 12 milliard dollarlik 31 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilib, 50 ta yangi turdagi mahsulotlar oʻzlashtiriladi.
Mavjud 21 ta erkin iqtisodiy hamda 156 ta kichik sanoat zonalari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilanadi. Ularning sonini 2 barobarga oshirish kutilmoqda.
Korporativ boshqaruvning zamonaviy prinsiplari va usullarini amalga oshirish uchun 2020-2030 yillarda davlat korxonalariga egalik qilish, boshqarish va isloh qilish Strategiyasi ishlab chiqiladi.
Norasmiy ish oʻrinlari legallashtiriladi
Abdulla Aripovning taʼkidlashicha, tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini muntazam yaxshilab borish, “xufiyona iqtisodiyot” ulushini qisqartirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini maqbullashtirish uchun shart-sharoitlar yaratiladi.
Koʻriladigan choralar natijasida kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 2020 yil yakunida 62 foizdan oshirishga erishilishi kerak. Soliq sohasida islohotlarni amalga oshirish hisobiga joriy yilda norasmiy ish oʻrinlarining 500 mingtasini legallashtirish rejalashtirilgan.
Bosh vazir qabulxonasi tabdirkorlar muammosini oʻrganadi
2030 yilga kelib, Jahon bankining biznesni yuritish indeksida Oʻzbekistonning hozirgi 69 oʻrnidan 20 oʻringa koʻtarish vazifasi qoʻyildi.
Bosh vazirning qabulxonalarida tadbirkorlar, shu jumladan, chet ellik investorlarning muammolarini hal etiladi, dedi Bosh vazir.
Kam taʼminlanganlar uchun subsidiya ajratiladi
Abdulla Aripov urbanizatsiya jarayonlarini davlat tomonidan tartibga solish va davlat uy-joy siyosatini amalga oshirish taʼminlanishini taʼkidladi. Shu maqsadda 2030 yilgacha urbanizatsiyani rivojlantirish Konsepsiyasi, shuningdek, kam taʼminlangan oilalarga ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal yoki foizlarning bir qismini qoplash uchun Davlat byudjeti hisobidan subsidiyalar ajratiladi.
"Uy-joylar qurilishida yangi turdagi energiyatejamkor qurilish materiallaridan keng foydalaniladi. Qishloq massivlarida 5-7 qavatli, shaharlarda esa 12-16-18 hatto 30 qavatgacha boʻlgan uylar quriladi".
Yangi "natijaga yoʻnaltirilgan" byudjet tizimi joriy qilinadi
Oʻzbekistonda byudjet, moliya va pul-kredit sohasidagi islohatlar davom etadi. Birinchidan, byudjet-moliya va pul kredit muvofiqlashtirish yaxshilanadi.
Davlat qarzini xalqaro standartlarga muvofiq samarali boshqarish, uni makroiqtisodiy barqarorlik uchun xavfsiz darajada ushlab turish va davlat kafolatlari mexanizmini takomillashtirish uchun "Davlat qarzi toʻgʻrisida"gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Bundan tashqari, 2020–2024 yillarga moʻljallangan davlat moliya menejmenti tizimini takomillashtirish strategiyasi ishlab chiqiladi, jumladan, yangi "natijaga yoʻnaltirilgan" byudjet tizimi joriy qilinadi, byudjet toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning oshkoraligini taʼminlanadi va byudjet jarayoni ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytiradi. Davlat byudjeti xarajatlarining ijtimoiy yoʻnaltirilganligi saqlanib qoladi, mahalliy byudjetlarning mustaqilligi va mahalliy hokimiyat organlarining javobgarligi oshiriladi.
"Adolatli" soliq tizimi yaratiladi
Qabul qilingan "Soliq kodeksi"ni yangi tahrirda amaliyotga tatbiq etish va "adolatli" soliq tizimini yaratish maqsadida mamlakatda soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish davom ettiriladi.
Soliq tizimini yanada soddalashtirish va samarali soliq-byudjet siyosatini yuritish boʻyicha choralar koʻriladi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun 2021–2023 yillarga moʻljallangan Fiskal strategiya ishlab chiqiladi. Umumiy fiskal balansini (jamlangan davlat byudjeti va davlat qarzi) YaIMning hozirgi 2,7 foizidan 2022 yilda 1,5 foizgacha kamaytirish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, valyuta bozorini rivojlantirish strategiyasi va "Kapital bozori toʻgʻrisida" gi qonun loyihasi, shuningdek, valyutani tartibga solishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish va milliy valyuta barqarorligini taʼminlash uchun qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi.
Bank sohasiga oid yangi qonun ishlab chiqiladi
Bank tizimining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, sugʻurta va lizing tizimini rivojlantirish choralari koʻrilmoqda. Yaqin kunlarda "Nobank kredit tashkilotlari toʻgʻrisida" gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Prezident topshirigʻiga koʻra, AQShning Amerika Boston Konsalting Gurup (BCG) ekspertlari ishtirokida ishlab chiqilgan Qishloq xoʻjaligi sohasini diversifikatsiya qilish boʻyicha konsepsiyasi amalga oshiriladi. Shu bilan birga, agrar sektorni modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish choralari koʻriladi.
"Bizning asosiy vazifamiz paxta va gʻalla sanoatida bozor tamoyillarini joriy etish, yer egasiga boʻlgan munosabatni kuchaytirish, seleksiya va urugʻchilikni rivojlantirish, oʻsimliklarni himoya qilish va koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish", dedi Abdulla Aripov.
Ijtimoiy sohalarda "Inson kapitali" yaxshilanadi
Ijtimoiy sohada asosiy vazifalar tibbiyot, taʼlim, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, ushbu sohalardagi infratuzilmani yaxshilash, bir soʻz bilan aytganda, "Inson kapitali"ni yaxshilash bilan belgilanadi. Xususan, uzluksiz taʼlim tizimini rivojlantirish sohasida "Taʼlim toʻgʻrisida" gi qonunning yangi tahriri qabul qilinadi. "Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida" yangi qonun amaliyotga tatbiq etiladi. Maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, davlat-xususiy sheriklikning samarali tizimini (DXH) rivojlantirish choralari belgilangan.
Maktabgacha taʼlimning alternativ shakli joriy etiladi
2020–2022 yillarda maktabgacha taʼlimning alternativ shakllari joriy etiladi. 2021 yilda 6 yoshga toʻlgan 692 ming nafar bola maktablardagi majburiy bir yillik bepul tayyorlov guruhlari bilan toʻliq qamrab olinadi, 2022 yilda 3-7 yoshdagi 2 million bola (70%) maktabgacha taʼlim tashkilotlari tomonidan qamrab olinadi.
Yoshlar orasida oliy maʼlumot olish darajasi 2025 yilga kelib 20% dan 35% ga oshiriladi. Bundan tashqari, besh yil ichida xorijiy xususiy universitetlar soni kamida 30 taga koʻpayadi.
Oliy oʻquv yurtlarida oʻquv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga oʻtkazish va oliy taʼlimning ilgʻor standartlarini joriy etish choralari koʻriladi.
2022 yilda hududlar reanimatsiya mashinalari bilan toʻliq taʼminlanadi
Bundan tashqari, sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish, majburiy tibbiy sugʻurtaga oʻtish, davlat tashkilotlarini moliyalashtirish tizimini tubdan isloh qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
2022 yilga kelib, hududlarga zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan va yagona call-markazga ulangan 1500 ta Ford reanimatsiyasi yetkazib beriladi.
2030 yilgacha jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqiladi.
Oʻzbekistonga 2025 yilda 12 mln turistlar kelishi kutilmoqda
Turizm industriyasini rivojlantirish va turizm infratuzilmasini kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish choralari koʻriladi. 2019-2025 yillarda turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishi natijasida mamlakatimizga 2020 yil yakuni bilan 7 mln nafar hamda 2025 yilga qadar 12 mln nafar xorijiy turistlar kelishi kutilmoqda.
Yoshlar uchun 400 mlrd soʻmlik kredit ajratiladi
Yoshlarga oid davlat siyosati sohasida "Oʻzbekiston yoshlari – 2030" konsepsiyasi ishlab chiqiladi. “Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi doirasida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun 400 milliard soʻmdan ortiq imtiyozli kreditlar ajratiladi. Yoshlarning ilmiy va badiiy kitoblarni, shu jumladan, elektron kitoblarni oʻqishga boʻlgan qiziqishini kuchaytirish va ularning huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida 2020–2030 yillarga moʻljallangan "Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy dastur" qabul qilinadi hamda maktablarda "tarbiya" fani joriy etiladi.
2020 yilda 7 ta muzey quriladi
Madaniy-gumanitar sohada 2020-2024 yillarda madaniyat va sanʼat muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Jumladan, 7 ta muzey qurilib, 56 ta muzey va 20 ta teatr taʼmirlandi.
2030 yilgacha "Raqamli qishloq xoʻjaligi" tashkil etiladi
2020-2022 yillarda raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat tizimlarini "keng va faol" joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
2030 yilgacha Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Unda 11 mingta ijtimoiy soha muassasalarini keng polosali Internet tarmogʻiga ulanishni taʼminlovchi shaxsiy guvohnomalarni (ID-kartalar) joriy etish, "Aqlli qishloq xoʻjaligi", "Raqamli qishloq xoʻjaligi", "Elektron tibbiyot", "Elektron taʼlim", “Yagona intellektual transport” va boshqa dasturlar joriy etiladi. 2020-2022 yillarda Qoraqalpogʻiston, Xorazm, Buxoro, Samarqand, Namangan viloyatlari va Toshkentda IT-Parklarni, shuningdek, tumanlarda 150 ta raqamli texnologiyalar boʻyicha oʻquv markazlarini qurish rejalashtirilgan.
Transport tizimini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi
Rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqib, 2020-2030 yillarda Avtomobil yoʻllari va Transport tizimini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi. Transportni boshqarishga xususiy va xorijiy kapital jalb qilinadi.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida "Chiqindilar toʻgʻrisida" yangi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish strategiyasi
Sanitariya xizmatlarini 2025 yilga qadar qamrab olish mamlakat aholisining 100 foizini tashkil etadi va 2028 yilga kelib chiqindilarni qayta ishlashni 45 foizga yetkazadigan qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish strategiyasi amalga oshiriladi. Toshkent shahri uchun 2020-2024 yillarga moʻljallangan qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish konsepsiyasini qabul qilinadi.
Ijroiya organlari ustidan jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi
Abdulla Oripovning soʻzlariga koʻra, 2020 yilda va keyingi yillarda maʼmuriy islohotlar konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Ijroiya organlarining faoliyatini takomillashtirish, ular ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va davlat boshqaruvi tizimida strategik rejalashtirishning zamonaviy shakllarini joriy etish rejalashtirilgan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekistonda davlat organlari va hududlar uchun korrupsiya hamda yashirin iqtisodiyot reytingi ishga tushiriladi

UZ V Uzbekistane zapuskayetsya reyting korrupsii i tenevoy ekonomiki dlya gosorganov i regionov

Oʻzbekistonda paxta, bugʻdoy, pomidor, kartoshka, sut va boshqa mahsulotlarning oʻrtacha hosildorligi uning haqiqiy quvvatidan ancha past

