| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi

Oʻzbekiston aeroportlarida xizmat koʻrsatish tariflari pasaytirilmoqda

Mamlakat aholisi va chet ellik sayyohlar uchun aviachiptalar narxi pastlaydi. Xorijiy avikompaniyalarning yuk tashish reyslarida esa yukga ishlov berish tariflari ham pasaytiriladi.

Oʻzbekiston aeroportlarida xizmat koʻrsatish tariflari pasaytirilmoqda

Oʻzbekistonda xorijiy aviatashuvchilar uchun aeroportlarda xizmat koʻrsatish tariflari pasaytirilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.

Xususan, 2020 yilning 1 mart sanasidan eʼtiboran barcha mahalliy aeroportlarda uchib kelayotgan yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish stavkasi bekor qilinadi. Xorijiy avikompaniyalarning yuk tashish reyslarida esa yukga ishlov berish tariflari pasaytiriladi.

Shuningdek, Toshkent xalqaro aeroportining "Business Lounge" dagi xizmatlarining narxi ham pasaytirildi.

Taʼkidlanishicha, ushbu choralar xalqaro aviatsiya xizmatlari bozorida respublika aeroportlarining raqobatbardoshligini oshirish, mamlakat aholisi talablarini qondirish va mamlakatga kelayotgan xorijlik sayyohlar oqimini koʻpaytirishga qaratilgan.

Xorijiy aviakompaniyalarning respublika aeroportlarida parvozlarni amalga oshirish xarajatlarini pasaytirish mamlakat aholisi va chet ellik sayyohlar uchun aviachiptalar narxini pasaytirishga yoʻnaltirilgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ