Sog'liq
408 ta material

Birinchi navbatda shifoxonaga joylashtiriladigan bemorlar roʻyxati shakllantirildi
Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarga klinik belgilariga asosan test javoblarini kutmasdan tibbiy yordam koʻrsatiladi.

Qurbon hayiti kuni va shanba-yakshanba kunlari butun sutka davomida respublika miqyosida harakatlanish toʻxtatiladi
Mazkur cheklov maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida harakatlanadigan avtotransport vositalariga tatbiq etilmaydi.

Bogʻchalar, bozorlar, dam olish maskanlari, sartaroshxonalar va restoranlar faoliyati toʻxtatiladi
Toshkent shahriga avtotransport vositalari, shu jumladan, yoʻnalishsiz taksilarning kirishi va chiqishiga ruxsat berilmaydi.

Rasman karantin cheklovlari 15 avgustiga qadar uzaytirildi
Davlat organlari va tashkilotlar xodimlar orasida koronavirus bilan kasallanganlar mavjud boʻlsa, ularga moddiy yordam ajratadi. Fuqarolarga toʻy, oilaviy marosimlar va boshqa tadbirlarni oʻtkaz taʼqiqlanadi.

Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda fidoyilik koʻrsatgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida
Bir guruh tibbiyot, ichki ishlar, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Milliy gvardiya xodimlarini va boshqa tashkilotchilarini faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi Farmonni imzolandi.

Shavkat Mirziyoyev: Pandemiyani jilovlashda jasorat koʻrsatgan tibbiyot xodimlari taqdirlanadi
Bir guruh tibbiyot, ichki ishlar, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Milliy gvardiya xodimlarini va boshqa tashkilotchilarini faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi Farmonni imzoladim, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

May-iyun oylari uchun COVID-19 ning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari natijalari
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Jahon banki bilan hamkorlikda "Oʻzbekiston fuqarolarini tinglash" loyihasi doirasida "COVID-19" ning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari boʻyicha tadqiqot oʻtkazdi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Oʻzbekistonga insonparvarlik yordami yubordi
Insonparvarlik yukini joʻnatish ikki bosqichda amalga oshirildi. Unda himoya qalqonchasi, jarrohlik niqobi, shaxsiy himoya vositalari kabi buyumlar joy olgan.

Prezident topshirigʻi: COVID-19 ni davolashda qoʻllaniladigan tibbiy buyumlar, dori vositalarini realizatsiya qilish tartibi soddalashtiriladi
Ayrim dori vositalar, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni eksport qilishga Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ruxsat berilishi mumkin.

Quvayt Oʻzbekistonga koronavirusga qarshi kurashish uchun 5,6 million dollar ajratadi
Ushbu mablagʻlardan Oʻzbekistondagi tibbiy muassasalarini jihozlash uchun foydalaniladi.

Umid Abidxodjayev: Virus juda koʻpchilikka yuqadi, hamma gap bu muddatni uzaytirishda
Oksford universitetining baholariga koʻra, 18-23 million, yaʼni 70 foiz odam koronavirus kasalligini boshidan oʻtkazishi kerak. Hamma masala ularning kasallanishi davrini uzoq muddatga choʻzishda, deydi Umid Abidxodjayev.

Koronavirusga chalingan fuqarolar soni yanada oshib borishi hech gap emas – Shavkat Mirziyoyev
Qisqa muddatlarda koronavirusga chalinganlarni davolash uchun yaratilgan qoʻshimcha oʻrin-joylar sonini, birinchi navbatda oliygohlar yotoqxonalari, yopiq sport maydonlari va boshqa sigʻimi katta bino-inshootlar hisobiga, kamida ikki-uch barobarga oshiriladi.

Polikinikalar 24 soatlik uzluksiz rejimda ishlaydi
Bosh vazir oʻrinbosari Behzod Musayev va Sogʻliqni saqlash vazirligiga poytaxtdagi polikinikalarda faoliyat olib borayotgan shifokor va hamshiralarni infeksiyaning yengil va simptomsiz kechayotgan bemorlarga xizmat koʻrsatishga 24 soatlik uzluksiz rejimda toʻliq safarbar qilish topshirigʻi berildi.

Shavkat Mirziyoyev: Bugundan boshlab shifokorlarning 14 kunlik ish xaqini joyida olish tizimi joriy etiladi
Koronavirusga chalingan bemorlar bilan ishlayotgan har bir maxsus shifoxonada alohida tijorat bankining kassalari tashkil qilinadi.

Tibbiyot xodimlariga har bir ish kuni uchun oylik maoshining 6 foizi miqdorida ustama haq toʻlanadi
Toshkent shahridagi 16 ta klinikaga qoʻshimcha COVID-19ga shubhali bemorlar uchun moʻljallangan “provizor” klinikalar tashkil qilindi. Ushbu klinakalarning tibbiyot xodimlariga ustama haq beriladi.

Koronavirusga test oladigan nodavlat tibbiy muassasalari roʻyxati maʼlum qilindi
Sogʻliqni saqlash vazirligi koronavirusga test topshirish mumkin boʻlgan nodavlat tibbiyot tashkilotlari roʻyxatini eʼlon qildi.

Oʻzbekiston Pokistonga insonparvarlik yordami yubordi
Koronavirus infeksiyasi tarqalishini bartaraf etish uchun zarur tibbiy uskunalar, buyumlar va dori vositalari Islomobodga olib borildi.

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston xalqiga murojaat qildi
Biz pandemiyani qachon yengamiz? Qachonki, har bir odam oʻzidagi beparvolikni yengsa, oʻzi, oilasi va farzandlari, butun xalqimiz hayotiga masʼuliyat bilan qaraydigan boʻlsa, dedi Prezident ayni vaqtda boʻlib oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida.

Prezident maslahatchisiga yangi oʻrinbosar etib tayinlandi
Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Amrillo Inoyatov Prezident maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Koronavirusdan uyida davolanayotgan bemorlar bepul dori-darmon bilan taʼminlanadi
Uyida koronavirusdan davolanayotgan bemorlarga bir martalik tibbiy niqoblarni belgilangan meʼyorda, bepul yetkazib berish yoʻlga qoʻyiladi.

Misrning “Al-Xabar al-youm” gazetasi Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi kurashish borasidagi saʼy-harakatlar haqida xabar tarqatdi
Gazeta muntazam ravishda Oʻzbekistonning milliy iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash va koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlarini oldini olishga qaratilgan saʼy-harakatlari bilan tanishtirib bormoqda.

Takroriy karantin oʻzini qanchalik oqlaydi yoxud Oʻzbekiston pandemiyaga qarshi kurashni qanday davom ettiradi?
Eng muhimi, biz endi pandemiya sharoitida yashashga, mehnat qilishga oʻrganishimiz shart. Hayot davom etmoqda va u bizdan sabr-toqat va mustahkam intizom bilan oqilona harakat qilishimizni talab etadi, deydi Akramjon Neʼmatov.

Prezident Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayevga hayfsan eʼlon qildi
Koronavirus tarqalishining oldini olish va davolash boʻyicha Toshkent shahridagi ishlarni talab darajasida tashkil etmagani, bu kasallik bilan “pastga tushib” mukammal shugʻullanmagani uchun Alisher Shodmonov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayevga hayfsan eʼlon qilindi. Shahar va viloyatning barcha sektor rahbarlari jiddiy ogohlantirildi.

Prezident Toshkent shahri va poytaxt viloyatida oʻlim koʻpaygani sababli yigʻilish oʻtkazmoqda
Ayni vaqtda Shavkat Mirziyoyev raisligida koronavirus infeksiyasining poytaxt va Toshkent viloyatida keng tarqalishi hamda dorilarning narxlari asossiz oshayotgani yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtmoqda.

Lyuksemburg gazetasida pandemiya davrida Oʻzbekistonning iqtisodiy siyosati haqidagi maqola chiqdi
Muallifning yozishicha, respublikada ushbu ogʻir davrda iqtisodiy oʻsish va investitsiya faolligini ragʻbatlantirish, aholi daromadlarini koʻpaytirishni qoʻllab-quvvatlash uchun barcha choralar koʻrilmoqda.
