Prezident Toshkent shahri va poytaxt viloyatida oʻlim koʻpaygani sababli yigʻilish oʻtkazmoqda
Ayni vaqtda Shavkat Mirziyoyev raisligida koronavirus infeksiyasining poytaxt va Toshkent viloyatida keng tarqalishi hamda dorilarning narxlari asossiz oshayotgani yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtmoqda.

Ayni paytda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishi oʻtmoqda. Kun tartibida - Toshkent shahri va poytaxt viloyatidagi keskin sanitar-epidemiologik vaziyat.
Yigʻilishga sabab – keyingi paytda ushbu hududlarda kuzatilayotgan koronavirus infeksiyasining yangi toʻlqini va oʻlim holatlarining koʻpayishi, shuningdek, aholi tomonidan tibbiy xizmatlar tezkorligi va sifati hamda dorixonalarda tibbiyot mahsulotlari narxining asossiz oshayotgani boʻyicha koʻplab murojaat va shikoyatlar tushayotgani.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

