Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston xalqiga murojaat qildi
Biz pandemiyani qachon yengamiz? Qachonki, har bir odam oʻzidagi beparvolikni yengsa, oʻzi, oilasi va farzandlari, butun xalqimiz hayotiga masʼuliyat bilan qaraydigan boʻlsa, dedi Prezident ayni vaqtda boʻlib oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida.

17 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida navbatdagi videoselektor yigʻilishi oʻtkazilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yigʻilishida yana bir bor xalqimizga murojaat qilib, jumladan, shunday dedi:
– Har birimiz oʻzimiz, oilamiz, farzandlarimizning sogʻligʻi va taqdiri uchun avvalo oʻzimiz masʼul ekanimizni chuqur anglashimiz lozim. Shu munosabat bilan xalq vakillari boʻlgan deputatlarimizdan, ijodkor ziyolilarimiz, hurmatli jurnalistlarimiz, mahalla faollaridan iltimos qilaman: pandemiya davrida har bir odamning shaxsiy masʼuliyati haqidagi targʻibot ishlarini yanada kuchaytirishimiz kerak.
Biz pandemiyani qachon yengamiz? Qachonki, har bir odam oʻzidagi beparvolikni yengsa, oʻzi, oilasi va farzandlari, butun xalqimiz hayotiga masʼuliyat bilan qaraydigan boʻlsa.
Biz shunga qodirmizmi? Albatta, qodirmiz. Ishonchim komil, bugungi vaziyatning oʻzi taqozo etayotgan mana shunday hissiyot va qarashlar har bir yurtdoshimizning qalbi va ongiga chuqur kirib boradi. Va biz bu sinovdan, albatta, munosib oʻtamiz, – deya taʼkidladi Prezident Shavkat Mirziyoyev.
Maʼlumki, 15 iyul kuni Toshkent shahri va poytaxt viloyatida pandemiyaga qarshi kurash borasidagi ishlar qattiq tanqid qilinib, aniq vazifalar belgilangan edi. Bu borada koʻrilgan tezkor chora-tadbirlar boʻyicha bugun Toshkent shahri hokimi, Bosh prokuror va boshqa mutasaddi rahbarlar hisobot berdi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

