Birinchi navbatda shifoxonaga joylashtiriladigan bemorlar roʻyxati shakllantirildi
Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarga klinik belgilariga asosan test javoblarini kutmasdan tibbiy yordam koʻrsatiladi.

Yirik tadbirkorlik subʼyektlariga karantin cheklovlari amal qilgan davrda tegishli ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va savdo obʼyektlarida sanitariya-gigiyena va epidemiologik talablarga rioya etilishi uchun masʼul boʻlgan xodim belgilash tavsiya etiladi.

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan Uy sharoitida karantinni tashkillashtirish tartibi toʻgʻrisida uslubiy koʻrsatma ham tasdiqlandi.
Shuningdek, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash boʻyicha xalqaro standartlarni inobatga olgan holda koronavirus infeksiyasi yengil, oʻrtacha ogʻir va ogʻir oʻtayotgan bemorlarni davolash standartlari tasdiqlanishi hamda fuqarolarga tavsiya etiladigan dori vositalarining yagona roʻyxati shakllantirilishi belgilandi.
Shu bilan birga koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash samaradorligini oshirish maqsadida:
respublikadagi barcha dorixonalarni zarur dori vositalari bilan taʼminlash hamda dorixonalarda dori vositalarining narxlari barqarorligini taʼminlash;
koronavirus infeksiyasini davolashga moʻljallangan shifoxonalarni kislorod bilan taʼminlangan holda shayligini tayyorlash;
koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarni klinik belgilariga asosan test javoblarini kutmasdan tibbiy yordamni tashkil qilish boʻyicha zarur choralar belgilandi.
Mutasaddilarga koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarni shifoxonaga joylashtirishning aniq va shaffof mezonlarini ishlab chiqish hamda bemorlarni shifoxonaga joylashtirishda ushbu mezonlarga qatʼiy amal qilish ustidan aniq topshiriqlar berildi. Bunda, qandli diabet, onkologik, yurak qon-tomir, autoimmunlik kassaliklari, metabolik sindromi mavjud hamda 55 va undan yuqori yoshdagi bemorlarni birinchi navbatda shifoxonaga joylashtirilishi belgilandi.
Shu maqsadda koronavirus bilan kasallanganlarni davolanish uchun joylashtirish muassasalarining zaxirasini tayyorlash hamda fuqarolarni toʻgʻri taqsimlagan holda joylashtirish maqsadida barcha hududlarda maxsus taqsimlash markazlari faoliyati tashkil etilmoqda.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

