Oʻzbekiston Pokistonga insonparvarlik yordami yubordi
Koronavirus infeksiyasi tarqalishini bartaraf etish uchun zarur tibbiy uskunalar, buyumlar va dori vositalari Islomobodga olib borildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirigʻiga asosan insonparvarlik yordami Pokiston Islom Respublikasiga yetkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.

Oʻzbekiston Xitoyga insonparvarlik yordamini yubordi
Koronavirus infeksiyasi tarqalishini bartaraf etish uchun zarur tibbiy uskunalar, buyumlar va dori vositalari shaklidagi yuk Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan mamlakat Mudofaa vazirligining maxsus samolyotida Islomobodga olib borildi.
Tibbiy niqob, oyoq himoya vositalari, pirometrlar, kalsiy glyukonat, kalsiy xlorid, magniy sulfat, natriy xlorid, novokain kabi dorilar mavjud zaxiralar hisobidan yetkazib berilgan. Mahalliy korxonalar himoya koʻzoynagi, tibbiy qoʻlqop, respirator va antiseptik vositalar taqdim etgan.
Oʻz navbatida, Oʻzbekiston koʻrsatgan koʻmak Pokiston jamoatchiligi tomonidan iliq qarshi olindi va ushbu mamlakat ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmoqda.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

