Sog'liq
408 ta material

Inqiroz ichidagi inqiroz: COVID-19 va xalqaro migratsiya
"Xalqaro migratsiya jarayonining oʻyin qoidalarini mehnat resurslarini qabul qiluvchi mamlakat ishlab chiqadi. Pandemiya paytida mazkur cheklovlarning ahamiyati yanada oshgani mehnat kuchini eksport qiluvchi mamlakatlarni qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolarning huquqlarini mustahkamlash maqsadida qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrishga undadi", deydi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi yetakchi ilmiy xodimi Hasanjon Majidov.

Toshkentda Oʻzbekiston-Turkiya texnoparki quriladi
Texnoparkda tibbiy vaksinalar va dori-darmon, uchuvchisiz qurilmalar ishlab chiqarish, kommunikatsiya sohasida yangi texnologiyalar yaratish, qishloq xoʻjalik va oziq-ovqat sohasidagi tadqiqotlarni amalga oshirish uchun keng koʻlamli investitsiyalar kiritiladi.

COVID-19 ga qarshi dori vositalari roʻyxatiga oʻzgartirish kiritildi
Hukumatning tegishli qarori bilan COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qoʻllaniladigan 5 turdagi tibbiyot buyumlari qoʻshildi.

Putin bugun koronavirusga qarshi ilk vaksina roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqida xabar berdi
Vaksina sinovida Putinning qizlaridan biri ham ishtirok etgan va bir kunda uning tana harorati 38 dan 37 ga tushgan

Bogʻchalar ish faoliyatini boshlash uchun tayyorgarlik koʻrmoqda (+video)
Maktabgacha taʼlim vazirligi BMT Bolalar jamgʻarmasining koʻmagida pandemiya sharoitida MTTlarda ish jarayoni qanday tamoyillar asosida tashkil etilishi tasvirlangan videorolik tayyorladi.

Prezident Jamshid Qoʻchqorov va Sardor Umurzoqov zimmasiga masʼuliyatli vazifa yukladi
Shavkat Mirziyoyev 5 avgust kuni energetika, transport, kommunal xoʻjalik va tibbiyot sohalarida davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Oʻtkazilgan maxsus tadqiqot pandemiya oqibatlari qay darajada bartaraf etilayotganligini koʻrsatmoqda
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan Jahon banki bilan hamkorlikda «Oʻzbekiston fuqarolarini tinglab» loyihasi tashkil etildi va u oʻz tadqiqot natijalarini eʼlon qildi. Mazkur tadqiqotda ikkala tashkilot birgalikda aholi turli qatlamlariga mansub 1500 oilada maxsus soʻrovnoma oʻtkazildi.

Oʻzbekistonda koronavirusni yoʻq qiladigan tibbiy kombinezonlar yaratildi
Ushbu yangi texnologiya qisqa 5-10 daqiqada SARS-CoV-2 patogen sekretsiyasini faol ravishda yoʻq qilishga, kiyimlarni oʻz-oʻzini tozalashga imkon beradi, bu esa hozirgi vaqtda ishlatilganlar himoya kombinezonlariga qaraganda samaraliroq.

Koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun maxsus shifoxonalar tashkil etildi
Koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolashga moʻljallangan maxsus “1-son Zangiota” va “2-son Zangiota” shifoxonalari tashkil etildi.

“COVID markaz” xodimlari moddiy ragʻbatlantiriladi
“COVID markaz” xodimlarining lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qoʻshimcha toʻlovlar oʻrniga har oylik moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlari belgilandi.

Prezident Behzod Musayevga bir hafta muddatda vaksinani xarid qilish va mamlakatimiz aholisi vaksinatsiyasini amalga oshirish yoʻllarini puxta oʻrganib chiqish topshirigʻini berdi
Ayni daqiqalarda Prezident Shavkat Mirziyoyev navbatdagi videoselektor yigʻilishida Xitoy, Hindiston, Buyuk Britaniya, Rossiya farmatsevtika kompaniyalari yaqin vaqt ichida vaksina ishlab chiqarishni boshlashi haqida xabar qilinayotgani haqida gapirdi va Bosh vazir oʻrinbosari Behzod Musayevga yetakchi olimlar va tajribali shifokorlar bilan maslahatlashgan holda, mamlakatimiz aholisi vaksinatsiyasini amalga oshirish yoʻllarini puxta oʻrganib chiqish topshirigʻi berildi.

Aziz Abduhakimov karantin qanday sharoitda bekor qilinishi mumkinligi haqida gapirdi
Aziz Abduhakimov fuqarolar tibbiyot niqoblarini pastga tushirib olmay toʻgʻri taqishlari, antiseptiklardan foydalanishlari va ijtimoiy masofa saqlashlari muhimligini taʼkidladi.

Pandemiya davrida Surxondaryodan 24,2 million AQSh dollarlik loviya eksport qilindi
Eksport qilingan loviyaning asosiy xaridorlari Pokiston va Afgʻoniston davlatlari hisoblanadi.

OTB sogʻliqni saqlash tizimini mustahkamlash uchun Oʻzbekistonga 100 million dollar ajratadi
Ajratilgan mablagʻdan COVID-19ga qarshi samarali javob berish va test oʻtkazish tizimlarini takomillashtirish koʻzda tutilgan.

Infografika: AQShning COVID-19 ga qarshi innovatsiyalari
Ilm-fan koronavirus bilan qanday kurashadi? Pandemiya yuqori texnologiyali sanoat uchun katta imkoniyatlar ochdi. Innovatsiyalar barcha jabhalarda virusni nazorat qilish uchun ishlatiladi: skrining va tashxisdan dori-darmonlarni tarqatish va rivojlantirishni toʻxtatish.

Oʻzbekistonda ilk marta tibbiyot, tadbirkorlik, taʼlim, turizm kabi sohalardagi har kunlik vazifalarni bajarishga ixtisoslashgan robot yaratildi
Ushbu robot imkoniyati cheklangan insonlar uchun ish oʻrinlarining koʻpayishiga ham xizmat qiladi. Yordamchi-robot muloqot qilish bilan bir qatorda oʻz hissiyotlarini ham izhor qila oladi, uni ishxonada yoki uyda koʻmakchi sifatida ishlatish mumkin. Uning yana bir qancha qoʻshimcha funksiyalari hamda narxi bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Oʻzbekistonda qaysi soha vakillari eng koʻp oylik olishi maʼlum boʻldi
Hududlar boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqi eʼlon qilindi. Unga koʻra, eng kam oylik ish haqi sogʻliqni saqlash sohasida boʻlsa, eng yuqorisi bank va IT sohalarida boʻldi.

Jasur Qarshiboyev: Oʻzbekiston koronavirusga qarshi kurash uchun $1 mlrd. koʻproq mablagʻ oldi
Osiyo taraqqiyot banki (OTB), Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (XVJ) va Jahon banki tomonidan koronavirusga qarshi kurashish uchun Oʻzbekistonga ajratilgan kreditlarning umumiy hajmi 1 milliard dollardan oshdi.

Infografika: Oʻzbekistonning qoʻshni davlatlar bilan savdo aloqalari
Istisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi pandemiyaning Oʻzbekiston va qoʻshni davlatlar iqtisodiyotiga taʼsirini oʻrgandi.

Tibbiyot OTM bitiruvchilari vaziyat ogʻir boʻlgan hududlarda ishlaydi
Karantin tadbirlari yakuniga qadar barcha tibbiyot OTMlarining davlat granti asosida tahsil olgan bitiruvchilari 1 yilgacha boʻlgan muddatga vaziyat ogʻir boʻlgan hududlarga jalb qilinadi.

Bemorlarni saralash, evakuatsiya qilish, davolash jarayonini monitoring qilish guruhlari tuziladi
Qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar va koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarda koronavirus kasalligiga chalingan bemorlarga uy sharoitida yordam koʻrsatishning tegishli tartibi joriy qilinadi.

Koronavirusga tahlil natijalari haqida 3 kunda telefon orqali xabar beriladi
Aholi tomonidan murojaat qilinganda hamda ularda kasallik belgilari aniqlanganda tezkorlik bilan koronavirus infeksiyasiga tahlil olinib, tahlil natijalarini 3 kunlik muddatda ularni shaxsiy telefon raqamlari orqali yuboriladi.

Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlarining smenadagi mehnatiga har kuni, oʻz vaqtida haq toʻlash zarurligini aytdi
Davlatimiz rahbari pandemiya sharoitida sogʻliqni saqlash milliy tizimini qoʻllab-quvvatlash, jalb qilinayotgan tibbiyot xodimlarining smenadagi mehnatiga har kuni, oʻz vaqtida haq toʻlash, ularni zarur yakka tartibdagi himoya vositalari, oziq-ovqat va yotoq bilan taʼminlash zarurligi qayd etdi.

Oʻzbekistonda COVID-19 bor yoʻqligini aniqlaydigan test ishlab chiqildi
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazida 100 ming dona test tizimini oʻz ichiga olgan navbatdagi partiya tayyorlandi.

Viloyatlarda «maxsus poliklinikalar» faoliyati yoʻlga qoʻyiladi
Koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan shaxslarni ambulator davolashga ixtisoslashgantunu kun faoliyat koʻrsatuvchi «maxsus poliklinikalar» faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
