Aziz Abduhakimov karantin qanday sharoitda bekor qilinishi mumkinligi haqida gapirdi
Aziz Abduhakimov fuqarolar tibbiyot niqoblarini pastga tushirib olmay toʻgʻri taqishlari, antiseptiklardan foydalanishlari va ijtimoiy masofa saqlashlari muhimligini taʼkidladi.

Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov karantin qanday sharoitda bekor qilinishi mumkinligini maʼlum qildi.
“Xabaringiz bor, navbatdagi karantin davri 15 avgustgacha uzaytirilgan. Biz maʼlum darajadagi plato chizigʻiga, barqarorlikka erishishimiz, kelgusida kasallanishlar holatini kamaytirishimiz va karantin cheklovlarini bekor qilishimiz uchun hozirgi vaqtda oʻrnatilgan cheklovlarga amal qilishda davom etishimiz kerak”, dedi Abduhakimov “Oʻzbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida.
U fuqarolar tibbiyot niqoblarini pastga tushirib olmay toʻgʻri taqishlari, antiseptiklardan foydalanishlari va ijtimoiy masofa saqlashlari muhimligini taʼkidladi.
“Mana shu 15 kun ichida barcha talablarga qatʼiy rioya eta olsak, u holda mazkur muddat tugagach, mavjud epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, hozirgi cheklovlarni olib tashlashimiz mumkin boʻladi”, dedi u.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

